33
Qiymatning mehnat nazariyasi
asoschilari bo‗lib Uilyam Petti,
Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlarining fikricha, tovarlarni
ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning
miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya‘ni ijtimoiy
zaruriy ish vaqti bilan o‗lchanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish
sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o‗rtasidagi aloqalarni, ijtimoiy
mehnatni taqsimlash va rag‗batlantirishni tartibga soluvchi, obyektiv
qiymat qonunini
mavjud bo‗lishini tan oladi. Ular fikriga ko‗ra, bu
qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ularning qiymati
asosida amalga oshiriladi.
Qiymat qonuni individual mehnat sarfi ijtimoiy zarur mehnat sarfidan
ozroq bo‗lgan ishlab chiqaruvchilarni rag‗batlantiradi. Bu bilan ishlab
chiqaruvchilarning mehnat unumdorligini oshirishga undaydi. Aks holda
ular bozordan siqib chiqarilishlari yoki xonavayron bo‗lishlari mumkin.
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi raqobat
kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib
turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat.
Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari
quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:
Talab = taklif bo‗lgan holda narx = qiymat.
Talab > taklif bo‗lgan holda narx > qiymat.
Talab < taklif bo‗lgan holda narx < qiymat.
Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar
ishlab chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo‗lmay, balki obyektiv
qiymat qonunining kuchi ta‘siri ostida bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: