32
Tovar, eng avvalo, o‗z iste‘moli uchun emas, balki boshqalarning
iste‘moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir.
Tovarning almashuv qiymati
– bu biror turdagi naflilikning boshqa
turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari fikriga ko‗ra, tovarlar
qiymatining umumiy asosi bo‗lib mehnat hisoblanadi, shu sababli ular
ma‘lum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Tovarlarning og‗irligi,
hajmi, shakli va shu kabi tabiiy xususiyatlaridan birortasi qiymatning
umumiy asosi bo‗la olmaydi. Ayirboshlashning zarur sharti bo‗lib
tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi. Biroq, turli tovarlarning
nafliligi sifat jihatidan farq qilish bilan birga miqdoriy o‗lchamga ega
emas. Miqdor jihatdan taqqoslash uchun tovarlarda mavjud bo‗lgan
umumiy narsa – ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir.
Tovar qiymatining miqdori
ijtimoiy-zaruriy ish vaqti
orqali
hisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab
chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va
jadallashuvi darajasi o‗rtacha bo‗lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab
chiqarish uchun zarur bo‗lgan ish vaqtidir. Tovarning ikki xil
xususiyatga ega bo‗lishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi mehnati
tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan
turdagi aniq mehnatdir. Shuning uchun, iste‘mol qiymatni yaratgan
mehnat
aniq mehnat
deb nom olgan.
Ikkinchi tomondan, mehnat – aniq shakldan qat‘i nazar, umuman
sarflangan inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mehnatning bir qismidir.
U o‗zining shu sifatida
abstrakt mehnat
deb ataladi. Bu mehnat esa
tovar qiymatini yaratadi.
Tovarlar qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab
o‗zgaradi.
Dostları ilə paylaş: