O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

 
Topshiriqlar: 
 
1. Tikuvchilik firmasida 10 ming metr gazlama bor. Shundan plash 
va kurtka tiksa bo‗ladi. 1ta plash uchun 3 metr, kurtka uchun 2 metr 
gazlama kerak. Shuni hisobga olib muqobil mahsulotlar egri chizig‗ini 
chizib ko‗ring. 
2. Siz qo‗shma korxonada ishlamoqchisiz. Ammo buning uchun biz-
nes asoslarini yaxshi egallash, ingliz tilini yaxshi bilish, kompyuterni 
yaxshi ishlata bilish talab etiladi. Siz bir yil davomida ingliz tili o‗qituv-
chisiga 250 ming so‗m, kompyutyerda ishlashni o‗rganish uchun 200 


37 
ming so‗m, kompyuter ijarasi uchun 165 ming so‗m to‗ladingiz. 125 
ming so‗mga har xil kitoblar sotib oldingiz. O‗qishga qatnash uchun 
transportga 165 ming so‗m sarfladingiz. O‗qish zarurligi sababli o‗rin-
doshlik ishingizni tashlab, u yerdan har oyda tegadigan 450 ming so‗mni 
ham olmay qo‗ydingiz, ammo asosiy ishingizdan har oyda 1 mln. 200 
ming so‗m maosh olib turdingiz, yangi ishga o‗tgach, oyiga 2 mln. 300 
ming so‗m maosh olasiz. Hisoblab ko‗ringchi, sizning ish haqingiz bir 
yilga necha so‗m bo‗lar ekan? 
3. Iqtisodiyot nazariyasi nuqtayi nazaridan iqtisodiy resurslarga talab 
kambag‗al bo‗lgan mamlakatlarda iqtisodiy resurslarga boy bo‗lgan 
mamlakatlarga nisbatan ehtiyojlar to‗laroq qondiriladi degan fikr to‗g‗-
rimi? Agar to‗g‗ri bo‗lsa, buni amalga oshirish yo‗llarini sanab o‗ting: 
Ehtiyojlarning qondirilishiga nima ko‗proq ta‘sir etadi: mavjud re-
surslar miqdorimi yoki ularning taqsimotimi? 
4. Quyida keltirilganlar to‗g‗rimi yoki noto‗g‗rimi: 
a) resurslar noyobligi moddiy ehtiyojlarning cheksizligi bilan ifoda-
lanadi; 
b) agar barcha ekin maydonlari hosildor bo‗lganida, u holda qishloq 
xo‗jaligida daromadlarning kamayib borish qonuni amal qilmagan bo‗lar 
edi; 
d) ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlar miqdorini bilish orqali 
har doim ishlab chiqarish kimlar uchun rivojlanganligini bilish mumkin; 
e) bugungi kunda an‘ana va tajribalardan qarorlarning qabul qilish-
ning asosiy mexanizmlari sifatida avvalgi yillardagiga nisbatan ko‗proq 
foydalaniladi; 
f) kelajakda ishlab chiqarishning rivojlanishi uchun, zaxirani ta‘min-
lash uchun ishsizlikning o‗sib borishi qo‗llab-quvvatlanadi; 
g) ishlab chiqarish imkoniyatlarining egri chizig‗i noyoblik, muqobil 
xarajatlar va muqobil tanlov kabilarni ifodalaydi; 
h) agar iqtisodiyot samarali bo‗lsa, bu iqtisodiy sharoitga daromad-
ning kamayib borish qonuni amal qilmaydi; 
i) iqtisodiy o‗sish ishlab chiqarilayotgan ne‘matlar va xizmatlar haj-
mining o‗sganligini va egri chiziqni chap tomonga surilishini ifodalaydi
j) oziq-ovqat mahsulotlari resurs emas; 
k) texnologiyaning o‗zgarishi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chi-
zig‗ining o‗zgarishiga olib kelmaydi; 
l) agar ishlab chiqarish imkoniyatlarining chegarasi yuqoriga qarab 
surilsa, u holda aholining o‗sishidan xavotirlanmaslik kerak; 


38 
m) agar ishlab chiqarish imkoniyatlari modelida iqtisodiyot ishlab 
chiqarish imkoniyatlari chegarasida joylashsa, demak u o‗z resurlaridan 
keragicha foydalanmaydi; 
5. Qanday resurslarning cheklanganligi O‗zbekistonning iqtisodiyo-
tini rivojlanishini sekinlashtiradi? Sizning fikringizcha resurslarning 
cheklanganlik muammosini qanday hal qilish mumkin? 
6. Tropik iqlimli orolda 10 ta odam yashaydi. Ular banan terish va 
baliq ovlash bilan shug‗ullanishadi. Kuniga har biri yoki 200 ta banan 
teradi, yoki 8 ta baliq tutadi: 
a) orol iqtisodiyotining ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‗ini 
chizing; 
b) agar orolga kiritilgan yangi texnika yordamida har bir kishi kuniga 
280 tadan banan tersa, u holda egri chiziq qanday o‗zgaradi; 
d) agar orol aholisi qandaydir yangi usulni qo‗llab, kuniga 20 tadan 
baliq tutsa, u holda egri chiziq qanday o‗zgaradi; 
7. Xususiylashtirish yo‗llaridan biri mulkni sotish hisoblanadi. Sotish 
uch xil usul bilan amalga oshiriladi. 
I-usul. Mavjud bo‗lgan mulkni ro‗yxatdan o‗tqazib, umumlashtirib 
ularning qiymatini belgilash. 
II-usul. Mulkdan olinadigan foyda asosida uning qiymatini belgilash. 
III-usul. Mulkdan olinadigan foydani tahlil qilish va uning bahosini 
belgilash. 
O‗zbekistonda shu 3 ta usulning qaysi biri qo‗llaniladi? 
8. Quyidagilardan qaysi biri tovar, qaysi biri natural xo‗jalikning 
xususiyatlarini ifodalaydi?

mehnat jarayonini an‘ana, odat va ayrim xo‗jaliklar doirasida
majburiy o‗rnatilgan aloqalarga asoslangan;

mahsulotlarni ishlab chiqish va iste‘mol qilish tor doirada amal 
qiladi;

ishlab chiqarish mulkdorlarning shaxsiy mehnatiga hamda 
yollanma mehnatga asoslangan;

ishlab chiqarish jarayoni unumdorligi past bo‗lgan, o‗zining ehti-
yojlaridan ortiqcha mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega 
bo‗lmagan mehnat qurollari yordamida amalga oshiriladi;

ishlab chiqarilgan mahsulot mulkdorlarga tegishli bo‗lib, bozorda 
sotishga mo‗ljallangan;

iqtisodiy rivojlanish juda sekinlik bilan amalga oshadi, ayrim 
yangiliklar asrlar davomida amalga oshadi;


39 

jamiyatning jadal iqtisodiy taraqqiyoti yuqori mehnat unum-
dorligining natijasi hisoblanadi. 
9. Quyidagi fikrlarning qaysi biri to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri ekanligini 
aniqlang:

qiymatga ega bo‗lmagan buyum tovar emas;

iste‘mol qiymatiga ega bo‗lish, lekin qiymatga ega bo‗lmasligi 
mumkin;

iste‘mol qiymatiga ega bo‗lgan buyum tovar hisoblanadi; 

natural xo‗jalikda ishlab chiqarilgan mehnat mahsuli bozorda 
sotishga mo‗ljallangan; 

tovarning qiymati faqat mehnat sarfi bilan aniqlanadi

tovar ishlab chiqarish jarayonida qo‗shimcha mahsulot yaratil-
maydigan, unumdorligi past bo‗lgan ishlab chiqarish vositalaridan 
foydalaniladi; 

har qanday mehnat mahsuli tovar hisoblanadi; 

pul tovar emas, u almashuv vositasi; 

pul kishilarning almashuv munosabatlarini yengillashtirish uchun 
muomalaga kiritilgan; 

pul, o‗z vazifalaridan birini bajarmasa pul hisoblanmaydi; 

pulning eng muhim vazifasi muomala vositasi ekanligida? 
10. Talaba va yoshlar omadli tadbirkor uchun 1000 so‗mlik pulning 
chegaraviy nafliligi bir xilmi? Javobingizni asoslang. 
11. Iqtisodiy ne‘matlarning barchasi naf keltiradimi? Giyohvandlik 
moddalari, spirtli ichimliklar, ahloqsizlik aks ettirilgan tasvirlar kishilar 
uchun zararliku? Iqtisodiyot nazariyasida naflilik deganda nimani 
tushunasiz? Javobingizni asoslang. 
12. Bir xil iste‘mol qiymatiga ega bo‗lgan tovarlarni 1 - guruh 5 ming 
dona, 2 - guruh 20 ming dona, 3 - guruh 10 ming dona ishlab chiqargan. 
Ijtimoiy mehnat sarfi 4 soatga teng. 1- guruhning individual mehnat sarfi 
2 - guruhning mehnat sarfidan 2 barobar kam, 3 - guruhning individual 
mehnat sarfini aniqlang. 
13. Uyni ta‘mirlashga 100 qop sement zarur. Sizda 99 qop sement 
bor. 100 chi qopning nafliligi qancha? Bunday holat chegaraviy naflilik 
qonunini inkor etmaydimi? 
14. Quyidagi hollarda pul qanday vazifani bajaradi:

tovarni kreditga sotib olish; 

tovarni naqd pulga sotib olish; 


40 

qarz to‗lash; 

tovarni sotib olish uchun pul jamg‗arish; 

ish haqi olish; 

pulni bankka qo‗yish; 

kommunal xizmatlarga pul to‗lash; 

tovarlar bahosini belgilash; 

soliqlar to‗lash; 

yo‗l haqi; 

ta‘mirlash uchun to‗lov. 
15. Sizning naqd 100 million so‗m pulingiz bor. Do‗stingizning dala 
hovlisi 100 million so‗mga baholandi. Kimning puli qadrliroq? Pulni 
ko‗chmas mulkda saqlash maqsadga muvofiqmi? 
16. 8 soatlik ish kunida 40000 so‗mlik yangi qiymat yaratiladi. 
Qo‗shimcha qiymat normasi 100%. Ishchining iste‘mol tovarlarining 
qiymati ikki baravar pasaysa, ekspluatatsiya darajasi necha foizga 
o‗zgaradi? Qanday tarmoqlarda mehnat unumdorligini oshishi kerak? 
Masalada qo‗shimcha qiymatni ishlab chiqarishning qanday usuli 
qo‗llanilgan ? 
17. Uchta korxonada eshik ishlab chiqariladi. Bitta eshikni ishlab 
chiqarish uchun birinchi korxonada 2 soat, ikkinchisida 3 soat, uchin-
chisida 4 soat mehnat sarflanadi. Bitta eshik ishlab chiqarish uchun 
sarflangan ijtimoiy mehnat sarfini aniqlang.
(Javob: 3 soat). 
1-masala. Xususiylashtirishga mo‗ljallangan ishlab chiqarish vosita-
lari (fabrika misolida): 
1. Bino -100000 ming so‗m 
2. Tikuv mashinalari -50000 ming so‗m 
3. Xomashyo -10000 ming so‗m 
4. Sklad va x.k. -10000 ming so‗m 
Xususiylashtirilgan mulkning bahosini aniqlang. 
2-masala. Korxona yilda 100000 ming so‗mlik foydaga ega bo‗ladi. 
Ishlab chiqarish vositalarining xizmat muddati 15 yil. Ular 10 yil xizmat 
qilgan. Olinayotgan foyda ishlab chiqarish vositalarining 7 yil qiymatini 
qoplagan. Ishlab chiqarish vositalarininig sotilish bahosini aniqlang. 
3-masala. Korxonada mavjud bo‗lgan ishlab chiqarish vositalarining 
xizmat muddati 15 yil. Binolarning xizmat muddati 15 yil. Ishlab chiqa-
rish vositalari va binolar 5 yil xizmat qilgan, xizmat muddati tugagandan 


41 
so‗ng korxona 300000 ming so‗m foydaga ega bo‗ladi. Ishlab chiqarish 
vositalari va binolar bahosini aniqlang. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin