49
Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko‗rib chiqilgan aosiy afzalliklari
bilan bir qatorda boshqa ko‗plab
ijobiy jihatlarini
ham sanab o‗tish
mumkin. Jumladan:
- uning ishlab chiqarishning o‗zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi
va ko‗nikishining yuqori darajasi;
- fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga
joriy etishning jadal sur‘ati;
- turli-tuman
ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish
qobiliyati;
- buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;
- cheklangan axborot – turli resusrlarning narx darajasi va ularning
sarflanish darajasiga yo‗nalgan holda bozor
iqtisodiyotining muvaf-
faqiyatli amal qila olish imkoniyati.
Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati – raqobatning kuchsiz-
lanishiga yo‗l qo‗yish va uni rag‗batlantirish. aksariyat hollarda ko‗p
miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko‗p bo‗lmagan yirik ishlab
chiqaruvchilar mavjud bo‗lishini taqozo qiladi.
Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati – jamiyat a‘zolari
daromadlaridagi
tengsizlikning
kuchayib
borishi
va
aholining
tabaqalanishidir. Bunday iqtisodiyot
har qanday yuksak darajada
rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni
ma‘lum darajada yumshatish mumkin.
Bozor iqtisodiyotining umumiy e‘tirof qilingan ziddiyatlaridan biri
–
ijtimoiy ne‘matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga
qodir emaslikdir. Shu sababli jamiyat a‘zolarini bunday ne‘matlar va
xizmatlar bilan ta‘minlash davlat zimmasida bo‗ladi.
Bozor iqtisodiyotining ziddiyatli tomonlaridan yana biri – tovarlar
hajmi bilan pul massasi o‗rtasidagi ro‗y berib turadigan nomuvofiqlikni
bartaraf eta olmasligidir.
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining
markaziy kategoriyasi
bo‗lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‗jalik yuritish amaliyotida ham,
barcha mamlakatlar tajribasida ham qo‗llaniladigan ilmiy-amaliy
tushunchadir.
Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilar, sotuvchilar va
xaridorlar o‗rtasida pul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi)
jarayonida
bo‗ladigan iqtisodiy munosabatlar yig‗indisidir..
Bozor subyektlari ikki guruhga – sotuvchi va xaridorlarga bo‗linib,
ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar
50
bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab
bildiradi. Bozor o‗z subyektlari manfaatini bir-biriga bog‗lab, ularni
muvofiqlashtiradi.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan
tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni
Dostları ilə paylaş: