iste‘molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste‘molni
bir-biriga bog‗laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o‗z
iste‘molchisini topadi.
Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo‗lib,
ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish,
yangidan boshlanishi uchun yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning
pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi
zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag‗lar hisobiga,
ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo‗li bilan sarflangan ishlab
chiqarish vositalari o‗rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni
kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega
bo‗ladilar. Bozor orqali resurslarning erkin harakati ta‘minlanadi va
ularning tarmoqlar o‗rtasida taqsimlanishi ro‗y beradi.
Bozor
iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif,
raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o‗zida talab va taklifni
jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab
chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy
resurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan
tarmoqlarga oqib kelishini ta‘minlaydi.
Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo‗lganligi sababli uni
turkumlashda quyidagi asosiy mezonlarga asoslaniladi:
- bozorning yetuklik darajasi;
- sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi;
- bozor subyektlari xususiyatlari;
- bozor miqyosi,
- iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.
Bozorning
yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik
(erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo‗linadi.
Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko‗proq, tasodifiy tavsifga ega
bo‗lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli (barter) ko‗proq
qo‗llaniladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul
inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‗qotgan, bozor iqtisodiyotiga
o‗tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin.