52
joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor
infratuzilmasining alohida bo‗g‗inini tashkil qilib, ularga ma‘lumotlarni
to‗plash, umumlashtirish va sotish bilan shug‗ullanuvchi kompaniya va
firmalar kiradi.
Bozor iqtisodiyotiga o‗tish davri –
ma‘muriy-buyruqbozlik tizimini
bartaraf etish yoki tubdan o‗zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini
shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o‗tishning barcha yo‗llari
umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo‗linadi:
1) rivojlangan mamlakatlar yo‗li;
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo‗li;
3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‗li;
4) sotsializm g‗oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga kelti-
rish mexanizmi bilan qo‗shib olib borish yo‗li (Xitoy, Vetnam).
Jahon tajribasi ko‗rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga
revolyusion
yo‗l
bilan, ya‘ni jadal usulda yoki
evolyutsion yo‗l
bilan, ya‘ni bosqichma-
bosqich o‗tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlarni o‗tkazish, avvalgi
tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdagina va batamom
sindirish talab etilib, «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya»)
deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi
bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini
shikastsiz vujudga keltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shuni
ko‗rsatadiki, evolyusion yo‗l kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi,
ancha izchil va muqarrardir.
Dostları ilə paylaş: