O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


— 2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantiri-



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

2017 — 2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantiri-
shning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha harakatlar strategiyasi 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-
sonli Farmoniga binoan tasdiqlandi. Unda quyidagilar ustuvor 
yo‗nalishlar belgilab berilgan: 
1. 
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor 
yo‗nalishlari
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni moderni-
zatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada 
kuchaytirish:
 
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:
 
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:
 
2. 
Qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada 
isloh qilishning ustuvor yo‗nalishlari


53 
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‘minlash, sudning 
nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish:
 
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish 
kafolatlarini ta‘minlash:
 
2.3. Ma‘muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‗jalik qonunchiligini takomil-
lashtirish:
 
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini 
olish tizimini takomillashtirish:
 
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash:
 
2.6. YUridik yordam va xizmat ko‗rsatish tizimini takomillashtirish:
 
3. 
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor 
yo‗nalishlari
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori 
iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini saqlab qolish: 
- makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‗rta muddatli 
dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‗zgarishlarni chuqurlashtirish 
hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o‗sish sur‘atlarini 
ta‘minlash; 
- xarajatlarning ijtimoiy yo‗naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat 
budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta‘minlash, mahalliy 
budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan budjetlararo 
munosabatlarni takomillashtirish; 
- soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish 
siyosatini davom ettirish, soliq ma‘muriyatchiligini takomillashtirish va 
tegishli rag‗batlantiruvchi choralarni kengaytirish; 
- ilg‗or xalqaro tajribada qo‗llaniladigan instrumentlardan foydalangan 
holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek 
valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-
bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlash; 
- bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini 
ta‘minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini 
oshirish, 
ularning 
moliyaviy 
barqarorligi 
va 
ishonchliligini 
mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish; 
- sug‗urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning 
yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, 
shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va 


54 
aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida 
fond bozorini rivojlantirish; 
- xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi 
xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, 
puxta o‗ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom 
ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali 
foydalanish. 
3.2. Tarkibiy o‗zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning 
etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga 
uning raqobatbardoshligini oshirish: 
- milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta‘minlash, uning 
tarkibida sanoat, xizmat ko‗rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik ulushini ko‗paytirish; 
- ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan 
yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy 
infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya 
siyosatini olib borish; 
- yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy 
xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‗shimcha 
qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga 
qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‗tkazish orqali sanoatni 
yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish; 
- iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni 
shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani 
bosqichma-bosqich kamaytirish
- prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‗zlash-
tirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning 
raqobatbardoshligini ta‘minlash; 
- ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‗batlantirish siyosatini 
davom ettirish hamda, eng avvalo, iste‘mol tovarlar va butlovchi 
buyumlar 
importining 
o‗rnini 
bosish, 
tarmoqlararo 
sanoat 
kooperatsiyasini kengaytirish; 
- iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab 
chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta 
tiklanadigan 
energiya 
manbalaridan 
foydalanishni 
kengaytirish, 
iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish; 
- faoliyat ko‗rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik 
sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish; 


55 
- xizmat ko‗rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni 
shakllantirishda 
xizmatlarning 
o‗rni 
va 
ulushini 
oshirish, 
ko‗rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy 
yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‗zgartirish; 
- turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va 
ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini 
yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish; 
- eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini 
va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va 
hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish; 
- yo‗l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, 
ijtimoiy 
soha, 
boshqaruv 
tizimiga 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish. 
3.3. Qishloq xo‗jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish: 
- tarkibiy o‗zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‗jaligi ishlab 
chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini 
yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni 
kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada 
oshirish; 
- paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‗shagan 
erlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‗ olinadigan ekinlarni ekish
shuningdek, yangi intensiv bog‗ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga 
ekin maydonlarini yanada optimallashtirish; 
- fermer xo‗jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, 
qurilish ishlari va xizmatlar ko‗rsatish bilan shug‗ullanayotgan ko‗p 
tarmoqli fermer xo‗jaliklarini rag‗batlantirish va rivojlantirish uchun 
qulay shart-sharoitlar yaratish; 
- qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va 
tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish 
bo‗yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan 
jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini 
rekonstruksiya 
va 
modernizatsiya 
qilish bo‗yicha investitsiya 
loyihalarini amalga oshirish; 
- qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, 
moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko‗rsatish 
infratuzilmasini yanada kengaytirish; 


56 
- sug‗oriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, 
melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq 
xo‗jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va 
resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish
unumdorligi yuqori bo‗lgan qishloq xo‗jaligi texnikasidan foydalanish; 
- kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik 
sharoitlarga moslashgan qishloq xo‗jaligi ekinlarining yangi seleksiya 
navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish 
va ishlab chiqarishga joriy etish bo‗yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini 
kengaytirish; 
- global iqlim o‗zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‗jaligi 
rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta‘sirini 
yumshatish bo‗yicha tizimli chora-tadbirlar ko‗rish. 
3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini 
himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‗batlantirishga qaratilgan 
institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish: 
- xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni 
ta‘minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‗lidagi barcha 
to‗siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‗liq erkinlik berish, «Agar 
xalq boy bo‗lsa, davlat ham boy va kuchli bo‗ladi» degan tamoyilni 
amalga oshirish; 
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay 
ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga 
davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan 
noqonuniy aralashuvlarning qat‘i oldini olish; 
- davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-
taomillarini soddalashtirish, xo‗jalik yurituvchi subyektlarning ustav 
jamg‗armalarida 
davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki 
xususiylashtirilgan 
ob‘ektlar 
bazasida 
xususiy 
tadbirkorlikni 
rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 
- investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoq-
lari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy 
investitsiyalarni faol jalb qilish; 
- korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, 
korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish; 
tadbirkorlik subyektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo‗yicha 
tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish; 


57 
- mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga 
solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini 
markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy 
sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi 
o‗zini o‗zi boshqarish organlarining rolini oshirish. 
3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va 
optimal foydalanish: 
- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush 
darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, 
mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo‗jaligi, turistik va mehnat 
salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta‘minlash; 
- hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish 
ko‗lamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo‗lgan tuman 
va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo‗li 
bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish; 
- yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik 
sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xo‗jalik birlashmalarining 
mablag‗larini, 
banklarning 
kreditlarini 
va 
xususiy 
xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni 
jadal rivojlantirish; 
- sanoat va xizmatlar ko‗rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga 
subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy 
budjetlarning daromad bazasini kengaytirish; 
- sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish obyektlarini 
joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni 
keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash 
maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikatsiya va 
ijtimoiy 
infratuzilma 
tarmoqlarini 
yanada 
rivojlantirish 
va 
modernizatsiya qilish. 
4. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin