47
7. Talab va taklifga ta‘sir etuvchi baholar bilan bog‗liq bo‗lmagan
omillarni aniqlash.
8. Bozor muvozanati qanday va nima uchun o‗zgarishini,
baholarni
majburiy nazorati, bozor konyukturasi qanday ta‘sir etishini tushuntirish.
9. Talab va taklifdagi baholarning egiluvchanligini tushuntirish va ta-
lab va taklifning egiluvchanlik turlarini ochib berish.
Ma
‘
ruza
Bozor iqtisodiyoti –
bu tovar ishlab chiqarish,
ayirboshlash va pul
muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan
iqtisodiy tizimdir. Bozor xo‗jaligining barcha
asosiy subyektlari
uchta
guruhga bo‗linadi: uy xo‗jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va
davlat.
Uy xo‗jaliklari
– iqtisodiyotning iste‘mol sohasida faoliyat qiluvchi
asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‗jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish
va xizmat ko‗rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste‘mol
qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‗jaliklari mulk egasi hamda ishlab
chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi.
Iqtisodiy
resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish
uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori
–
bu daromad (foyda) olish maqsadida amal
qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo‗g‗inlaridir.
U ish yuritish uchun
o‗z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu
kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish
uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo‗jaligida
tovar va xizmatlarni
yetkazib beradi.
Davlat –
foyda olishni maqsad qilib qo‗ymagan, asosan iqtisodiyotni
tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va
muassasalari sifatida namoyon bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: