O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

Yerdan foydalanish 
huquqi – bu o‗rnatilgan urf-odatlar yoki 
qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi er 
egasi bo‗lishi shart emas. Real xo‗jalik hayotida yerga egalik qilish va 
yerdan foydalanishni ko‗pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar
xususan hozir bizda asosan dehqon va fermer xo‗jaliklari amalga 
oshiradi. 
Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish 
(realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy 
ko‗rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), 
obrok (natural soliq) va pul solig‗i shakllaridagi feodal rentalari shular 
jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga 
kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: 
absolyut yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol 
renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan 
renta. 
Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar 
natijasida vujudga keladigan qo‗shimcha daromad (qiymat)ning bir 
qismi renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi. 
Qishloq xo‗jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi – yerning 
miqdori va sifatini tabiatning o‗zi cheklab qo‗ygan, uni inson 
ko‗paytirishga qodir emas. 
Shuning uchun qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi 
unumdor yer uchastkalarida to‗plash mumkin emas. Agar ishlab 
chiqarilgan mahsulot to‗lovga qodir talab bilan ta‘minlangan bo‗lsa, 
yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq 
xo‗jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal 
sharoit hisoblanadi. Natijada o‗rtacha yoki yaxshi yerlarda xo‗jalik 
yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo‗shimcha mahsulot va binobarin 
foyda oladilar. 
Demak, differensial renta hosil bo‗lishining tabiiy sharti miqdori 
cheklangan yerning sifati (unumdorligi)dagi farqlardir, uning ijtimoiy-
iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan 


85 
alohidalashgan tarzda mustaqil xo‗jalik yuritishdir. 
Differensial renta o‗zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differensial 
renta I va differensial renta II ga bo‗linadi. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin