86
quyidagilardan iborat: yerdan foydalanganlik uchun to‗lanadigan renta
(R), yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz (r); yer uchastkasini
ijaraga bergunga qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi (A).
Buni formulada quyidagicha yozish mumkin:
A
r
R
IХ
.
Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara obyekti emas,
balki oldi-sotdi obyekti hamdir. Yer ham qishloq xo‗jalik mahsuloti
yyetishtirish va tabiiy qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab
chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, yo‗llar, aeroportlar va
hokazolar qurish uchun sotib olinadi. Bunday hollarda yerning narxi nima
bilan belgilanadi?
Ma‘lumki, yer inson mehnati mahsuli bo‗lmaganligi sababli almashuv
qiymatga ega emas. Shunga ko‗ra, nazariyotchilar yer va boshqa tabiat
in‘omlari narxini
Dostları ilə paylaş: