51
(klassik) bozor
– tovar va xizmatlarning har bir turi bo‗yicha juda ko‗p
ishlab chiqaruvchilar va iste‘molchilar, ya‘ni
sotuvchilar va sotib
oluvchilardan iborat bo‗lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular
o‗rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o‗rtasidagi
nisbatga
qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo‗llaniladi,
aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi.
Hozirgi zamon
rivojlangan bozori
– bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo‗lib, bozor
ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-
sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo‗ladi,
raqobat
kurashlari aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari
darajasi o‗rtasidagi farqlar kamayadi.
Bozor
hududiy jihatdan
quyidagi turlarga bo‗linadi:
mahalliy
bozorlar
(Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori,
London
bozori, Nyu-York bozori, Pekin bozori va boshqalar);
milliy bozorlar
(O‗zbekiston bozori,
Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori,
Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar);
hududiy bozorlar
(Markaziy
Osiyo yoki Osiyo bozori, G‗arbiy Yevropa bozori) va
jahon bozori
.
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‗ra
bozorlar quyidagi turlarga bo‗linadi: iste‘mol tovarlari va xizmatlari
bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori,
valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar
bozori.
Muomalaga chiqadigan subyektlarning xususiyatiga
ko‗ra ulgurji
va chakana savdo to‗g‗risida gap yuritiladi.
Сhakana savdoda asosan
sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar,
firmalar, xususiy do‗konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi.
Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo‗jalik mahsulotlarini xarid
qilish alohida o‗rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa
dehqon va fermerlar xo‗jaliklaridir.
Dostları ilə paylaş: