48
- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo‗lishi va unda xususiy
mulkchilikning ustun turishi;
- tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
- raqobat kurashning mavjudligi;
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar
o‗zgarishlariga moslashuvchanligi.
Har qanday iqtisodiy tizim singari bozor iqtisodiyoti ham
iqtisodiyotning umumiy muammolarini ifoda etuvchi quyidagi
savollarga javob topishi zarur: nima va qancha miqdorda ishlab
chiqarish zarur? qanday texnika va texnologiya bilan ishlab chiqarish
zarur? kim uchun ishlab chiqarish zarur?
Bozor iqtisodiyotining afzalliklari quyidagi jihatlar orqali ifodalash
mumkin:
1)
resurslarni taqsimlashning samaradorligi.
Bozor tizimi resurs-
larni samarali taqsimlashga yordam beradi. Bozor tizimi shaxsiy
manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud
resurslardan zarur tovarlarni talab darajasidagi miqdorda ishlab
chiqarishni ta‘minlaydi;
2)
erkinlik.
Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri
shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Ko‗plab ayrim
shaxslar va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg‗unlashtirish tashkil
qilishning asosiy muammolaridan biridir. Bunday uyg‗unlashtirishni
amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Biri – markazdan boshqarish va
majbur qilish tadbirlarini qo‗llash; ikkinchisi – bozor tizimi vositasi
orqali ixtiyoriy hamkorlik. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni
majbur qilmasdan uyg‗unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti
tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u
muvaffaqiyatga erishadi.
3)
Dostları ilə paylaş: