60
Talab hajmining o‗zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir
qator omillarga ham bog‗liq bo‗ladi.
Bu omillar
talabning narxdan
tashqari omillari
deyiladi.
Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta‘sir ko‗rsatadi:
1) iste‘molchining didi;
2) bozordagi iste‘molchilar soni;
3) iste‘molchining daromadlari;
4) bir-biriga bog‗liq
tovarlarning narxi;
5) kelajakda narx va daromadlarning o‗zgarishi ehtimoli.
Bu omillarning o‗zgarishi talab hajmining o‗zgarishiga qanday ta‘sir
ko‗rsatishini qarab chiqamiz. Daromadning o‗zgarishi bilan talab
miqdori to‗g‗ri bog‗liqlikda o‗zgaradigan tovarlar oliy toifali
tovarlar
deyiladi.
Daromadlar o‗zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‗liqlikda
o‗zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi.
Iste‘molchilar daromadi va ular tomonidan
sotib olinadigan tovarlar
miqdori o‗rtasidagi bog‗liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel
(1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko‗ra, iste‘molchi
daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo‗lgan tovarlar
miqdori o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlik
Engel qonuni
deyiladi. Bu
qonnunning amal qilishini
Engel egri chizig‗i
orqali ifodalash mumkin
(2-chizma). Oliy toifali yoki normal tovarlar uchun Engel egri chizig‗i
o‗suvchan ko‗rinishida bo‗ladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o‗sib
borishi bilan bu turdagi tovarlar ko‗proq xarid qilinadi. Past toifali
tovarlar uchun Engel egri chizig‗i pasayuvchan ko‗rinishda bo‗lib,
daromadlar oshib borishi bilan iste‘molchilar
ularni kamroq miqdorda
sotib oladilar. Agar tovarning iste‘moli daromad darajasiga bog‗liq
bo‗lmasa, u holda Engel egri chizig‗i tik holda bo‗ladi.
Сhizmadan ko‗rinadiki, iste‘molchining bir oylik daromadi 10 ming
so‗mdan 20 ming so‗mga oshganda, u sotib olgan mahsulot miqdori 1
donadan 2 donaga, 20 ming so‗mdan 30 ming so‗mga oshganda 2
donadan 4 donaga oshmoqda. Daromadlarning keyingi o‗sishi
bilan
tovarlar sotib olish hajmining o‗sishi sekinlamoqda: 30 ming so‗mdan
40 ming so‗mgacha – 4 donadan 6 donagacha, 40 ming so‗mdan 50
ming so‗mgacha – 6 donadan 7 donagacha. Daromadning bundan yuqori
darajalarida esa sotib olish hajmining o‗sishi butunlay to‗xtagan
(daromadning 60 ming so‗m va undan
yuqori darajalarida mazkur
tovarning 7 donasi sotib olinmoqda).