O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

nazorat qilish vazifasi
bozordagi ba‘zi 
ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik 
hukmronlik o‗rnatishiga yo‗l qo‗ymaslikka yo‗naltiriladi. 
Raqobat kurashining mazmuni to‗g‗risida to‗laroq tushunchaga ega 
bo‗lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‗rib chiqish zarur.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‗rtta shakli 
alohida ajratilib ko‗rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, 
monopoliya va oligopoliyadir. 
Erkin raqobat 
sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi 
tarmoqda juda ko‗p sonli korxonalar mavjud bo‗ladi. Yuqori darajada 


95 
tashkil qilingan bozorda ko‗plab sotuvchilar o‗zlarining mahsulotlarini 
taklif qiladilar. 
Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan 
sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. Сhunki har bir korxonada umumiy 
ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo‗lmaydi. Shu sababli alohida 
korxonada ishlab chiqarishning ko‗payishi yoki kamayishi umumiy 
taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatmaydi. 
Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, 
tarmoqda mavjud bo‗lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi 
mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo‗lishi va ularning 
raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, 
moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to‗siqlar bo‗lmaydi. 
Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo‗lishi sababli, u 
mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi 
va yakkahukmronlik shakllanadi.
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga 
oshiradi. Buning sababi oddiy. U mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab 
chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan 
nazorat qiladi. 
Monopolistik raqobat o‗z ichiga ham monopoliya, ham raqobat 
unsurlarini oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‗nlab 
ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish 
hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir 
ishlab chiqaruvchi o‗z mahsulotini tabaqalashtirish, ya‘ni shu turdagi 
boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat darajasi, shakli, 
qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo‗yicha farqlantirish orqali 
uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin