O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

Uzoq muddatli davr 
– bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini 
va barcha band bo‗lgan resurslari miqdorini o‗zgartirish uchun yetarli 
bo‗lgan davrdir.
Bu yyerda shuni ta‘kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining 
o‗zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona 
xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin.
Qisqa muddatli vaqt davomida korxona o‗zining doimiy (qayd 
qilingan) quvvatlariga o‗zgaruvchi resurslar miqdorini qo‗shib borish 
yo‗li bilan ishlab chiqarish hajmini o‗zgartirishi mumkin. Biroq, ishlab 
chiqarish quvvatlariga (doimiy resurslarga) qo‗shilgan o‗zgaruvchi 
resurslar ma‘lum vaqtdan so‗ng kamayib boruvchi natija (mahsulot) 
beradi. 
Bu holat marjinalistlar tomonidan ishlab chiqilgan 
samaraning 
kamayib borishi qonuni 
orqali izohlab beriladi. Unga ko‗ra, ma‘lum 
davrdan boshlab korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (masalan 
kapital yoki erga) o‗zgaruvchi resurslar birligi (masalan, jonli mehnat)ni 
ketma-ket qo‗shib borish, har bir keyingi o‗zgaruvchi resurs birligi 
qiymatiga kamayib boruvchi qo‗shimcha mahsulot beradi.
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan o‗tadi: 
birinchi bosqichda
foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi 
qiymatning yaratilish chog‗ida vujudga keladi. Yangidan yaratilgan 
qiymat tarkibidagi qo‗shimcha qiymat foydaning asosiy manbai 
hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon bo‗lmaydi; 
ikkinchi bosqichda
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda 
tovarlarni sotilgandan so‗ng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning 
farqi ko‗rinishida to‗liq namoyon bo‗ladi.
Demak, tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul 
daromadlariga, undagi qo‗shimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan 
ko‗rinib turibdiki, foydaning haqiqiy manbai qo‗shimcha mahsulot yoki 
qo‗shimcha qiymatdir.
Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta 
hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda 
sotadilar. Shunga ko‗ra, ular tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan 
yuqori bo‗lgan taqdirda foyda oladilar. Demak, ishlab chiqaruvchi 
foydasi (F
ich
) – bu mahsulot tannarxi (T) va ulgurji narxi (N
u
) o‗rtasidagi 
farqdan iborat: 


93 
Т
Nu
Fich


Bundan ko‗rinadiki, mahsulot birligidan olinadigan foyda ikkita 
asosiy omilga bog‗liq bo‗ladi: 1) mahsulot tannarxi darajasi; 2) ulgurji 
narxlar darajasi. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin