O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

Sof muomala xarajatlari 
sotuvchi maoshi, marketing (iste‘molchilar 
talabini o‗rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo‗ladi. Sof 
muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish 
jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan 
qoplanadi. 


89 
Iqtisodiy resurslarni eng yuqori naf olish maqsadida boshqa muqobil 
yo‗nalishlarda ishlatilishiga yo‗l qo‗ymay o‗ziga jalb etish uchun to‗lov 
iqtisodiy yoki zimmasiga tushuvchi
 xarajat 
deb ataladi.
 
Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi bo‗yicha korxona ishlab 
chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o‗z resurslari yoki jalb 
qilingan resurslar bo‗lishi mumkin. Shunga ko‗ra xarajatlar ichki yoki 
tashqi xarajatlarga bo‗linadi 
Tashqi xarajatlar 
korxona tomonidan 
uchun zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to‗lov asosida jalb etishi 
natijasida vujudga keladigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga yollanma 
ishchilar ish haqi, xomashyo va materiallar uchun to‗lovlar, kredit uchun 
foiz to‗lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport xizmati va 
boshqa har xil xizmatlar uchun to‗lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to‗lov 
hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari 
deb ham ataladi. 
Korxonaning o‗ziga tegishli bo‗lgan resurslardan foydalanishi bilan 
bog‗liq xarajatlar
ichki xarajatlar 
deyiladi. Bunday xarajatlar pul 
to‗lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini 
baholash o‗z resurslari qiymatini shunga o‗xshash resurslarning 
bozordagi narxlariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi. 
Normal foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. 
Normal foyda 
– bu 
iqtisodiy resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini rag‗batlantirib turish 
uchun to‗lanadigan haq hisoblanadi.
Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona 
iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo‗llarini qiyosiy tahlil qilish 
imkoniyatini beradi. 
Ishlab chiqarish hajmining o‗zgarishiga ta‘sir qilish yoki qilmasligiga 
qarab xarajatlar doimiy va o‗zgaruvchi xarajatlarga bo‗linadi (5-chizma). 
Ishlab chiqarish hajmining o‗zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) 
ta‘sir qilmaydigan xarajatlar

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin