89
Iqtisodiy resurslarni eng yuqori naf olish maqsadida boshqa muqobil
yo‗nalishlarda ishlatilishiga yo‗l qo‗ymay o‗ziga jalb etish uchun to‗lov
iqtisodiy yoki zimmasiga tushuvchi
xarajat
deb ataladi.
Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi bo‗yicha korxona ishlab
chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o‗z resurslari yoki jalb
qilingan resurslar bo‗lishi mumkin. Shunga ko‗ra xarajatlar ichki yoki
tashqi xarajatlarga bo‗linadi
Tashqi xarajatlar
korxona tomonidan
uchun zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to‗lov asosida jalb etishi
natijasida vujudga keladigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga yollanma
ishchilar ish haqi, xomashyo va materiallar uchun to‗lovlar, kredit uchun
foiz to‗lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport xizmati va
boshqa har xil xizmatlar uchun to‗lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to‗lov
hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari
deb ham ataladi.
Korxonaning o‗ziga tegishli bo‗lgan resurslardan foydalanishi bilan
bog‗liq xarajatlar
ichki xarajatlar
deyiladi. Bunday xarajatlar pul
to‗lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini
baholash o‗z resurslari qiymatini shunga o‗xshash resurslarning
bozordagi narxlariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Normal foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi.
Normal foyda
– bu
iqtisodiy resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini rag‗batlantirib turish
uchun to‗lanadigan haq hisoblanadi.
Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona
iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo‗llarini qiyosiy tahlil qilish
imkoniyatini beradi.
Ishlab chiqarish hajmining o‗zgarishiga ta‘sir qilish yoki qilmasligiga
qarab xarajatlar doimiy va o‗zgaruvchi xarajatlarga bo‗linadi (5-chizma).
Ishlab chiqarish hajmining o‗zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga)
ta‘sir qilmaydigan xarajatlar
Dostları ilə paylaş: