97
umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo‗llamaslik kabi
qoidalarga asoslanadi.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat
va narxsiz raqobat.
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‗lib ishlab
chiqaruvchilarning
o‗z
tovarlari
narxini
boshqa
ishlab
chiqaruvchilarining shunday mahsulotlari narxiga
nisbatan pasaytirishi
hisoblanadi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri -
demping narxlarni
qo‗llash
dir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‗zlarining tovarlarini
boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan,
ayrim hollarda
tannarxidan ham past bo‗lgan narxlarda sotadi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining
asosiy
omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat
ko‗rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‗-e‘tibori hisoblanadi.
Narxsiz
raqobat bilan bir vaqtda
yashirin narx yordamidagi
raqobat
ham bo‗lishi mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati
oshishi va iste‘mol xususiyatlarining yaxshilanishi
ular narxlarining
oshishiga qaraganda tez ro‗y berishi keraq. Hozirgi davrda bir turdagi
mahsulotlarning ko‗payishi ularning sotishni rag‗batlantiruvchi reklama,
tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni keltirib
chiqarmoqda. Iste‘molchilik bozorida qo‗shimcha xizmat ko‗rsatish
orqali xaridorlarni o‗ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish
kabi usuli ham
mavjudki, bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga
mansub bo‗lishi, lekin turli-tuman iste‘mol xossalariga ega bo‗lishi
mumkin.
Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda,
Dostları ilə paylaş: