texnika va
texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish
uchun
kurash raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan
tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar xaridorlarni jalb qilish
maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan iste‘molchilik tovarlariga
kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‗rsatishni amalga
oshirmoqdalar.
Narxsiz raqobat usullari ichida
marketing
muhim ahamiyatga ega
bo‗lib, u mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga
moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat.
98
Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning turlarini ko‗rib
chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir
necha mezonlarga ko‗ra ajratish mumkin.
1.
Bozorni qamrab olish darajasiga ko‗ra:
sof
monopoliya,
oligopoliya va monopsoniya.
Sof monopoliya
– tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki
sotuvchining narx
va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi
yakkahukmronlik holati hisoblanadi. O‗zbekistonda sof monopoliyalar
sifatida «O‗zbekiston havo yo‗llari» DAK, «O‗zbekiston temir yo‗llari»
DAK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini misol keltirish
mumkin. Darhaqiqat, ular o‗z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning
yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar. Shuningdek, ba‘zi hollarda
tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko‗payib borishi
monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo‗ladi.
Monopolistik raqobat
– tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar
soni ko‗p hamda ular o‗rtasida ma‘lum darajada raqobat mavjud
bo‗lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‗z tovar yoki
xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning
narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma‘lum darajada
hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga misol tariqasida ko‗plab mebel,
kiyim-kechak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab
chiqaruvchilarini keltirish mumkin.
Oligopoliya
– tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik
holati hisoblanadi. Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O‗zbekistonda
sement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida
joylashgan), ko‗mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo
(Sharg‗un) va Boysun (To‗da) tumanlarida joylashgan) ishlab
chiqarishni misol keltirish mumkin.
Monopsoniya
– tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni
juda ko‗p bo‗lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste‘molchisi
yoki xaridori mavjud bo‗lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati
hisoblanadi. Bunga «O‗zDEUavto» korxonasi yaqqol misol bo‗la oladi.
Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab
chiqarishda zarur bo‗lgan ko‗plab ehtiyot va butlovchi qismlarni
ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda
yakkahukmronlik mavqeiga ega bo‗ladi.
|