96
maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab
chiqaruvchi tarmoqlar
tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi.
Oligopoliya sharoitida korxonalar o‗rtasidagi raqobat o‗zaro bog‗liq
bo‗ladi. Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o‗zining narx
siyosatini mustaqil o‗zgartirishga botina olmaydi.
Hozirda turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi
bilan ular o‗rtasidagi raqobatning shakllari ham turli ko‗rinishlarda
namoyon bo‗lib bormoqda. Jumladan, turli monopollashuv darajasidagi
tuzilmalar o‗rtasida mavjud bo‗lishiga ko‗ra quyidagi raqobat turlarini
ajratib ko‗rsatish mumkin:
1) monopollashmagan korxonalar o‗rtasidagi raqobat;
2) monopoliyalar hamda monopolistik
birlashmalarga kirmagan
ishlab chiqaruvchilar o‗rtasidagi raqobat;
3) turli monopoliyalar o‗rtasidagi raqobat;
4) monopolistik birlashmalar o‗zining ichidagi raqobat.
O‗z miqyosiga ko‗ra raqobat ikki turga - tarmoq ichidagi va
tarmoqlararo raqobatga bo‗linadi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq
sharoitiga ega bo‗lish, qo‗shimcha foyda
olish uchun bir tarmoq
korxonalari o‗rtasida boradi. Har bir tarmoqda texnika bilan
ta‘minlanish darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo‗lgan
korxonalar borligi sababli shu korxonalarda ishlab chiqarilgan
tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo‗lmaydi.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‗rtasida eng yuqori
foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat.
Bunday
raqobat foyda normasi kam bo‗lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori
tarmoqlarga kapitallarning oqib o‗tishiga sabab bo‗ladi. Yangi kapitallar
ko‗proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning
kengayishiga, taklif ko‗payishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya
boshlaydi.
Raqobatlashuvning noan‘anaviy, jamiyat tomonidan e‘tirof
etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari
doirasidan chetga chiquvchi,
noiqtisodiy (ya‘ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning
obro‗siga putur yetkazish va h.k.)
usullaridan foydalanish
Dostları ilə paylaş: