O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

qat‘i (standart) narxlar
va 
o‗zgaruvchan narxlar
qo‗llaniladi. Shunday tovarlar borki, 
iste‘molchilar ularning narxi o‗zgarmasligini afzal ko‗radi. Masalan, 
kommunal xizmat, transport xizmati ta‘riflari shunday narxlar jumlasiga 
kiradi. 
Erkin bozor narxlari 
– bu talab va taklif asosida vujudga keladigan 
bozor narxlaridir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga 
keltirishda erkin narxlar jamiyat va bozor munosabatlari barcha 
subyektlari manfaatlarini eng maqbul tarzda uyg‗unlashtirishga imkon 
beradi. 
Narx diapazoni
narxlar oralig‗ining puldagi ifodasidir.
Narx 
diapazoni quyi, o‗rta va yuqori narxlarni o‗z ichiga oladi. Narx 
diapazoni qanchalik katta bo‗lsa, tovar muomalasi shunchalik tez yuz 
beradi, chunki talab bilan narx o‗zaro bog‗lanadi. 
Bozor ko‗lami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va 
xalqaro narxlar mavjud bo‗ladi. 
Hududiy narx
faqat ma‘lum hududiy 
bozorga xos bo‗lib, u shu hudud doirasidagi omillar ta‘siridan hosil 
bo‗ladi. 
Milliy bozor narxi
bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va 
ularning xususiyatini aks ettiruvchi narxlardir. Milliy narx mamlakat 
doirasidagi ijtimoiy sarf-xarajatlarni, milliy bozordagi talab va taklifni, 
tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi. 
Jahon 
bozori narxi
muayyan tovarga ketgan baynalminal xarajatlarni, 
tovarning jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro 
bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi. 
Narx xilma-xil turlardan iborat bo‗lsada, ular bir-biri bilan o‗zaro 
bog‗langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish 
samarasi o‗z ifodasini topadi. Iqtisodiyot nazariyasida narx nisbati degan 
tushuncha bor, u 
narx pariteti
deb ham yuritiladi. Iqtisodiyot va undagi 


104 
jarayonlar bir-biriga bog‗liq bo‗lganidan narxlar bir-birini yuzaga 
chiqaradi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin