O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

Shartnoma narxlar.
Bu sotuvchi va xaridorning roziligi bilan 
belgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan 
narxlardir. Shartnoma narxlar odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan 
davrda o‗zgarmaydi. Mazkur narxlar ham milliy va ham xalqaro bozorda 
qo‗llaniladi. U xalqaro bozorda qo‗llanilganda tovar (xizmat)larning 
jahon narxlariga yaqin turadi. 
Сhakana narxlar.
Bu narxlarda tovarlar bevosita iste‘molchilarga 
sotiladi. Сhakana narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo 
tashkilotlarining xarajatlari va ularning oladigan foydasi kiradi. Сhakana 
narx tovarlarga bo‗lgan talab va taklifni bog‗lovchi rolini o‗ynaydi 
hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past bo‗lishi mumkin. 
Davlatning narxlarni tartibga solish faoliyati chegaralangan 
(limitlangan) va dotatsiyali narxlarni vujudga keltiradi. 
Сhegaralangan 
narxlarda
davlat narxlarning yuqori va quyi chegarasini belgilaydi, ular 
shu doirada o‗zgarishi mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat 
inflyatsiyani jilovlaydi, narxlarni nazorat qiladi. 
Dotatsiyalangan narx
– bu davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxlardir. 
Bunday narxlardan kam daromadli oilalar, beva-bechoralar, ishsiz va 
nogironlarni hayotiy zarur ne‘matlar bilan eng kam darajada ta‘minlab 
turishda foydalaniladi. 
Demping narx.
Bozorda o‗z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini 
siqib chiqarish uchun firmalar maxsus narxdan foydalanadiki, ular 


103 
demping narx yoki bozorga kirib olish narxi deb ataladi. Demping 
narxda rasmiy narxning bir qismidan kechib yuboriladi.
Sotish hajmini o‗zgartirmasdan yuqori foyda olishga erishish uchun 
firmalar 
nufuzli narxdan
foydalanadi. Bu narxni qo‗llash uchun 
bozorda raqobat cheklangan bo‗lib, monopol vaziyat mavjud bo‗lishi 
zarur. Mazkur vaziyatda talab narxga bog‗liq bo‗lmaydi, shu sababli 
narxning ko‗tarilishi tovar sotilishini keskin kamaytirmaydi. Bundan 
tashqari aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan 
nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda sotiladi. 
Ma‘lum davrgacha o‗zgarmaydigan 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin