O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

3) tovar belgilari
– bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, 
nomi va boshqalarni ro‗yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va 
ulardan foydalanish bo‗yicha paydo bo‗lgan munosabatlarni qonuniy 
tarzda tartibga solish shakli. 
Sun‘iy monopoliya 
– monopol foyda olish maqsadida tashkil 
etiluvchi birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish 
uchun) nomi.


100 
Sun‘iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium, konsern kabi 
aniq shakllarda namoyon bo‗ladi. 
Kartel 
– bitta sanoat tarmog‗idagi bir necha korxonalarning 
uyushmasi bo‗lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va 
mahsulotlariga o‗z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan 
mahsulotlarni sotish esa kvota, ya‘ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy 
hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning 
bo‗lib olinishi va h.k. bo‗yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi. 
Sindikat
– bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha 
korxonalarning birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga 
mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o‗zida saqlanib qolgani holda, 
ular tomonilan ishlab chiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan 
yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi. 
Trest
– ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi 
mulkiy egalikni ta‘minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs 
ko‗rinishidagi birlashmasi. 
Konsorsium
– tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini 
birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik 
miqyosli loyihalarga juda katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish 
yoki investitsiyalar qo‗yish). 
Konsern 
– rasmiy jihatdan mustaqil bo‗lgan, ko‗p tarmoqli
korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) 
ning majmuini o‗z ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma 
ma‘lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga 
oshirish uchun zarur bo‗lgan turli soha korxona va tashkilotlaridan 
tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan 
moliyaviy nazorat olib boradi.
Monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy ta‘sir 
ko‗rsatishi, taraqqiyot yo‗liga g‗ov bo‗lishi ham mumkin. Shunga ko‗ra, 
bugungi 
kunda 
deyarli 
barcha 
mamlakatlar 
iqtisodiyotida 
monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari 
qo‗llanilib, bu 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin