O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

Differensial renta I
yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‗liq 
bo‗lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‗llariga yaqin 
joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi.
Differensial renta II 
xo‗jaliklarni intensiv rivojlantirish, yerning 
hosildorligini oshirish uchun qo‗shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, 
ya‘ni qishloq xo‗jaligida kimyoviy o‗g‗itlarni qo‗llash, yerlarning 
meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‗jaligini mexanizatsiyalash va 
elektrlashtirish darajasi bilan bog‗liq holda vujudga keladi.
Absolyut renta.
Ko‗pgina mamlakatlarda qishloq xo‗jaligida yerga 
xususiy mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib 
borishga to‗g‗ri keladi. Hozirgi davrda yerga xususiy mulkchilik bilan 
bir qatorda boshqa mulkchilik shakllari ham mavjud. Yerga bo‗lgan bu 
mulkchilik (shaklidan qat‘i nazar) monopoliyasi ijaraga beriladigan 
barcha yer uchastkalarining sifatidan qat‘i nazar, yer egalariga absolyut 
renta deb atalgan rentani olishga imkon beradi.
Renta nazariyasiga ko‗ra qishloq xo‗jaligida rentaning yana bir turi – 
monopol renta
ham mavjud bo‗ladi. Boshqa yerda uchramaydigan 
tabiiy sharoit, ba‘zan noyob qishloq xo‗jalik mahsulotlari (uzumning 
alohida navlarini, sitrus ekinlari, choy va hokazolarning alohida 
turlarini) yyetishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday tovarlar 
monopol narxlar bilan sotiladi. Bu narxlarning yuqori bo‗lishi ko‗pincha 
to‗lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada monopol narxlar 
shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori bo‗lishi 
mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi. 
Faqat qishloq xo‗jaligida emas, balki 
undirma sanoatda
ham 
qo‗shimcha daromad olinadi. Ma‘lumki foydali qazilma konlari 
joylashuvi (va demak, ishlash uchun qulayligi) jihatidan ham, konning 
boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Xuddi qishloq xo‗jaligidagi 
singari, o‗rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo‗shimcha foyda oladilar, 
u ham differensial rentaga aylanadi. 
Ijara haqi.
Renta munosabatlarini qarab chiqishda rentaning ijara 
haqidan farqiga e‘tiborni qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan yerga 
oldin bino, inshoot va shu kabilar qurish bilan bog‗liq ravishda kapital 
qo‗yilmalar sarflanmagan bo‗lsa, ijara haqi va renta miqdoran bir-biriga 
to‗g‗ri keladi. Aks holda, ijara haqi yer rentasidan farq qiladi. Ijara haqi 


86 
quyidagilardan iborat: yerdan foydalanganlik uchun to‗lanadigan renta 
(R), yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz (r); yer uchastkasini 
ijaraga bergunga qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi (A). 
Buni formulada quyidagicha yozish mumkin: 
A
r
R





Ma‘lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara obyekti emas, 
balki oldi-sotdi obyekti hamdir. Yer ham qishloq xo‗jalik mahsuloti 
yyetishtirish va tabiiy qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab 
chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, yo‗llar, aeroportlar va 
hokazolar qurish uchun sotib olinadi. Bunday hollarda yerning narxi nima 
bilan belgilanadi?
Ma‘lumki, yer inson mehnati mahsuli bo‗lmaganligi sababli almashuv 
qiymatga ega emas. Shunga ko‗ra, nazariyotchilar yer va boshqa tabiat 
in‘omlari narxini 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin