ikkinchi soha – qishloq xo‗jaligining o‗zi;
uchinchi soha – qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini iste‘molchiga yetkazib
berishni ta‘minlaydigan tarmoqlar (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash,
tashish, sotish);
to‗rtinchi soha – odamlar hayoti va faoliyatining
umumiy sharoitlarini ta‘minlaydigan infratuzilma (yo‗l-transport
xo‗jaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati, mahsulotni saqlash tizimi,
ombor va tara xo‗jaligi)dan iborat.
Qishloq xo‗jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati agrobiznes deyiladi. Agrobiznes tushunchasiga bevosita qishloq xo‗jaligi sohasiga
kirmaydigan, biroq u bilan bog‗liq bo‗lgan faoliyat bilan
shug‗ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo‗jaligiga
texnikaviy, ta‘mirlash xizmat ko‗rsatish, uning mahsulotlarini qayta
ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog‗liq bo‗lgan
tadbirkorlik faoliyatidir. Qisqacha qilib aytganda, agrobiznes agrosanoat
integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha
bo‗g‗inlarni qamrab oladi.
Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo‗g‗ini
fermer va dehqon xo‗jaliklaridir . Сhunki ular bevosita qishloq xo‗jaligi
mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xo‗jaliklar o‗z yerida yoki ijaraga
olingan yerda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi
fermerning o‗zi va oila a‘zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma
mehnatdan foydalanish ham mumkin. Fermer xo‗jaligining afzalligi
shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo‗shiladi, bu esa
ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta‘minlaydi.
Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir.
Agrofirma ma‘lum
turdagi qishloq xo‗jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard
mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo‗shib olib boradigan
korxonadir.