O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


tadbirkorlik kapitali deb ataladi



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

 
tadbirkorlik kapitali deb ataladi.
Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish 
va muomala jarayonida doimo harakatda bo‗ladi va bu harakat 
jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o‗tadi. 
Ishlab chiqarishga sarflanadigan har qanday sarmoya o‗z harakatini 
pul shaklidan
boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur 
tovarlar, ya‘ni ishlab chiqarish vositalari (Iv) va ishchi kuchi (Ik) sotib 
olishga sarflanadi (avanslanadi). Bu holda pul shunchaki tovarlar sotib 
olishgagina emas, balki ishlab chiqarish uchun zarur bo‗lgan iqtisodiy 
faoliyat omillarini sotib olishga sarflanadi. Ushbu muomala sohasida pul 
kapitali o‗z harakatining birinchi bosqichidan o‗tadi: 
Iv 
P T 
Ik 
Mazkur jarayon natijasida pul shaklidagi mablag‗lar 
unumli kapital
shakliga
aylanadi va ular ishlab chiqarish jarayonining potensial 


82 
omillari hisoblanadi. Kapital harakatida 
ikkinchi bosqich
ishlab 
chiqarish (I) jarayoni hisoblanib, uning natijasida unumli
tovar
(T) 
shaklini
oladi. Bu yerda hosil qilingan tovarlar qiymati ishlab chiqarish 
vositalari va ishchi kuchiga sarflangan qiymatdan ortiq bo‗ladi, ya‘ni:
Iv 
T .. . I . . T‘ 
Ik 
Сhunki hosil qilingan tovarlar qiymatida ishlab chiqarish 
vositalarining ko‗chgan qiymati, ishchi kuchi qiymatining ekvivalenti va 
ular tomonidan vujudga keltirilgan qo‗shimcha mahsulot qiymati ham 
mavjud bo‗ladi. 
Uchinchi bosqichda
ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish sodir bo‗ladi
T‘

P‘ ushbu bosqichda tovarlar pulga aylanadi va o‗zining dastlabki 
shakliga qaytib keladi. Dastlab, pul shaklida sarflangan mablag‗ yana 
pul shaklida, ammo miqdor jihatidan ko‗proq bo‗lib qaytadi. Shu sababli 
uni P‘=P+p ko‗rinishida ifodalash mumkin. 
Tovarlarni sotishdan tushgan pul kapitali yana ishlab chiqarish 
omillari sotib olish uchun sarflanadi va shu tariqa yuqoridagi harakat 
to‗xtovsiz takrorlanaveradi. 
Tadbirkorlik kapitalining o‗z harakatida uch bosqichni izchil bosib 
o‗tib, muntazam ravishda bir shakldan boshqa bir shakliga aylanib, yana 
dastlabki shakliga qaytib kelishi uning

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin