O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

Ma

ruza 
Hozirgi paytda turli ilmiy-nazariy adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyati 
va biznes xususida, uning yo‗nalishlari, tamoyillari, huquqiy-iqtisodiy 
jihatlari to‗g‗risida ko‗plab olimlarning fikrlari, mulohazalari keng o‗rin 
egallamoqda. Ular ko‗pincha tadbirkorlik faoliyati va biznesni bir xil 
tushuncha sifatida talqin qilmoqdalar.
Fikrimizcha, tadbirkorlik biznesdan farq qilib, tadbirkorlik – bu 
mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatishga ijodkorlik, yangilik 
yaratish ruhi asosida yondashish bilan bog‗liq faoliyatdir. Biznes esa 


79 
unga nisbatan keng tushuncha bo‗lib, umuman foyda olish nuqtayi-
nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir. 
Tadbirkorlik faoliyati – 
shakli va sohasidan qat‘i nazar foyda olish 
va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir. 
Tadbirkorlikning rivojlanishi, o‗z navbatida, bir qator sharoitlarning 
mavjud bo‗lishini taqozo yetib, ular asosida umuman tovar ishlab 
chiqarishning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi. 
Birinchidan,
tadbirkor xo‗jalik yuritishda uning biron turini tanlash, 
ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o‗zgarishlarga 
moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga 
baho belgilash, foydani tasarruf qilish va shu kabilar bo‗yicha ma‘lum 
xuquq va erkinliklar mavjud bo‗lishini taqozo etadi. 
Ikkinchidan,
tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab 
chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik huquqiga ega 
bo‗lishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o‗zi tomonidan ham
uning mol-mulki asosida ish yurituvchi subyekt tomonidan ham amalga 
oshirilishi mumkin.
Uchinchidan,
xo‗jalik yuritish yo‗lini erkin tanlash, daromadni 
investitsiyalash imkoniyati va shu kabilarni real ta‘minlaydigan ma‘lum 
iqtisodiy muhit va ijtimoiy siyosiy sharoit yaratishi zarur. 
To‗rtinchidan,
tadbirkorlik mulkchilik va o‗zlashtirish turli-tuman 
shakllari va turlarining mavjudligini taqozo qiladi. O‗z navbatida 
mulkchilik va o‗zlashtirish sohalaridagi turli-tumanlilikning o‗zi 
obyektiv hodisa bo‗lib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi 
oqibati sifatida maydonga chiqadi. 
Beshinchidan
, yetarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma‘lumot va 
malakali tayyorgarlikka ega bo‗lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq 
bo‗yicha imtiyozlar, tadbirkorlik muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat 
manfaatdorligining mavjud bo‗lishi tadbirkorlikni rivojlantirishning 
navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi. 
Yuqorida ko‗rib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud bo‗lgan 
davlatlarda tadbirkorlik yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi 
xufyona iqtisodiyot sohasiga o‗tib ketishi ehtimoli ham yuqori bo‗ladi. 
Davlat korxonalarini uchta guruhga bo‗lish mumkin: 
-
byudjet korxonalari; 
-
davlat ishlab chiqarish korxonalari
-
aralash kompaniyalar. 


80 
Huquqiy va xo‗jalik mustaqilligiga ega bo‗lmagan korxonalar 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin