81
boshqarishni
amalga oshirishi; jamoa va shaxsiy manfaatlar uyg‗unligi
yuzaga kelishi va h.k.
Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy
tashabbus asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va
ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo‗lib, ishlab
chiqarishni tashkil qilish yollanma mehnatga asoslanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab
chiqarishni tashkil qilish o‗zi yoki oila a‘zolari mehnati asosida amalga
oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning menejeri ham hisoblanib,
korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javobgar bo‗ladi.
Xo‗jalik huquqi nuqtayi-nazaridan yakka tartibdagi tadbirkorlik huquqiy
shaxs
hisoblanmaydi, shu sababli uning egasi cheklanmagan
mas‘uliyatga ega bo‗lib, faqat fuqarolardan olinadigan daromad solig‗ini
to‗laydi. Bu odatda kichik magazin, xizmat ko‗rsatish sohasidagi
korxonalar, dehqon xo‗jaliklari, shuningdek, huquqshunos, vrach,
advokat kabi turli malakali mutaxassislar xizmati ko‗rinishida
tashkil
qilingan tadbirkorlikdir.
Tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muhim shakllaridan biri
hissadorlik (aksionerlik) jamiyatlaridir.
Tadbirkor ixtiyorida bo‗lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan
barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag‗lari birgalikda
Dostları ilə paylaş: