94
ya‘ni xaridorlar har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‗proq naflilikka
ega bo‗lishga harakat qiladilar.
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‗rib chiqish orqali yanada
kengroq namoyon bo‗ladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini
ajratib ko‗rsatish mumkin:
Raqobatning
tartibga solish vazifasi
ishlab chiqarishni talab
(iste‘mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta‘sir o‗tkazishdan
iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda
taklifning talab orqali,
ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy
ehtiyojlar orqali
belgilanishiga erishiladi, ya‘ni iqtisodiyot bozor
qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning
resurslarni joylashtirish vazifasi
ishlab chiqarish
omillarini ular eng ko‗p
samara beradigan korxona, hudud va
mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning
innovatsion vazifasi
fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga
asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subyektlarining
rivojlanishini
taqozo etuvchi turli ko‗rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini
anglatadi.
Raqobatning
moslashtirish vazifasi
korxona (firma)larning ichki va
tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‗naltirilgan
bo‗lib, ularning shunchaki o‗zini-o‗zi saqlab,
iqtisodiy jihatdan yashab
qolishidan xo‗jalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga
o‗tishini bildiradi.
Raqobatning
taqsimlash vazifasi
ishlab
chiqarilgan
ne‘matlar
y
alpi
hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning iste‘molchilar o‗rtasida taqsimlanishiga
bevosita va bilvosita ta‘sir o‗tkazadi.
Nihoyat, raqobatning
Dostları ilə paylaş: