102
narxni pasaytirish usulidan foydalanishlari mumkin. Demak, narxni
o‗zgartirib turish usuli raqobatda keng qo‗llaniladi.
5.
Ijtimoiy himoya vazifasi.
Narx aholining kam daromad oluvchi
ayrim qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish vazifasini ham bajaradi.
Narxning bu vazifasi tovar (xizmat)lar ijtimoiy dotatsiyalashgan narxlar
bo‗yicha sotilganda bajariladi. Bunda ular davlat byudjeti va turli
hayriya mablag‗lari hisobiga moliyaviy ta‘minlanadi.
Iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini
tashkil qiladi.
Narxlar tizimida ularning ayrim turlarining iqtisodiy
mazmunini qisqacha qarab chiqamiz.
Ulgurji narxlar.
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi
tovarlar bir yo‗la ko‗tarasiga sotilganda ulgurji narxlardan foydalaniladi.
Ulgurji narxlar ishlab chiqaruvchilar va ta‘minlash-sotish tashkilotlari
xarajatlarini qoplashi hamda ularning ma‘lum miqdorda foyda ko‗rishini
ta‘minlashi zarur. Ulgurji narxlar tovar birjalari va savdo uylarida ham
qo‗llaniladi.
Dostları ilə paylaş: