101
1.
Sherman qonuni
(1890 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni
yashirin monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo‗lga
olish, narxlar bo‗yicha kelishuvlarni taqiqlaydi.
2.
Kleyton qonuni
(1914 yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot
sotish sohasidagi cheklovchi faoliyatlarni, narx bo‗yicha kamsitish,
ma‘lum ko‗rinishdagi birlashib ketishlar, o‗zaro bog‗lanib ketuvchi
direktoratlar va boshqalarni taqiqlaydi.
3.
Robinson-Petmen qonuni
(1936 yilda qabul qilingan). Bu qonun
savdo sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx
bo‗yicha kamsitishlar va boshqalarni taqiqlaydi.
Tabiiy monopoliyalarni davlat yo‗li bilan tartibga solish ular
mahsulot (xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek taklif
etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko‗rsatkichlarni
belgilashni o‗z ichiga oladi.
Narx
– real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning
ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir.
Narxga ta‘sir qiluvchi omillar:
Tovar ishlab chiqarishdagi ijtimoiy
zaruriy sarflar (qiymat); turli xil to‗g‗ri soliqlar; talab va taklif nisbatlari;
tovar yoki xizmatning nafliligi; davlat iqtisodiy siyosati; raqobat
kurashlari; pulning qadr-qimmati. Boshqa omillar esa narxning ijtimoiy
qiymat bilan ijtimoiy naflilik miqdori atrofida goh birinchisining, goh
ikkinchisining foydasiga tebranishiga sabab bo‗ladi.
Narxning iqtisodiy mazmuni uning vazifalari ko‗rib chiqilganda
yanada yaqqol namoyon bo‗ladi.
Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1.
Dostları ilə paylaş: