O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

Topshiriqlar: 
 
1. Davlat idoralarining ishchi-xizmatchisi o‗z pulini biznesga qo‗ydi. 
Birinchisi 100000 so‗mni kooperativga sarfladi, ikkinchisi 100000 
so‗mga aksiya sotib oldi. Yil oxiriga kelib kooperativ va aksiyadorlik 
jamiyati foydasidan bir qismini talab qildi. Bu yerda qanday xatoga yo‗l 
qo‗yilgan. Kim haq, kim nohaq ekanligini izohlab ko‗ring.
2. Chinni zavodi choynak, piyola, lagan va kosa chiqaradi. Bitta 
choynak chiqarishga 1250 so‗m sarflanib 150 so‗m foyda olinadi. Bir 
piyolaga 250 so‗m sarflanib 70 so‗m foyda olinadi, bir laganga 3000 
so‗m sarflanib, 750 so‗m foyda olinadi, bir kosaga 700 xarajat qilinib 
150 so‗m foyda olinadi.
Hisoblab ko‗ringchi, bu mahsulotlardan qaysi biri zavod uchun 
rentabel mahsulot.
3. Aksionerlik jamiyati 4 mld. so‗mlik aksiyalarning har birini 1 mill. 
so‗mdan sotdilar. Qo‗shimcha yana 3000 ta aksiya chiqardilar va ular-
ning har birini 1 mill. so‗mdan sotdilar. Aksionerlik jamiyati jami qan-
cha so‗m mablag‗ni bu faoliyatlariga jalb qilganlar?

4 mld. so‗m; 

3 mld. so‗m;

7 mld. so‗m;

0 so‗m.
4. Sovutgich ishlab chiqaruvchi korporatsiya sindi, ya‘ni bankrot 
bo‗ldi va uni kir yuvish mashinalari ishlab chiqaruvchi korporatsiya 


106 
sotib oldi. Bunda sovutgich ishlab chiqaruvchi korporatsiyaning hamma 
huquq va majburiyatlari uni sotib olgan kir yuvish mashinalari ishlab 
chiqaruvchi korporatsiyaga o‗tadimi? 

aksionerlar bilan hisob kitob qilish majburiyatlari o‗tadi; 

qarzlarni to‗lash majburiyati o‗tadi;

hech qanday majburiyat o‗tmaydi; 

korporatsiya bitimlarini bajarish majburiyatlari o‗tadi. 
5. Kichik korxona o‗z faoliyatini boshlash uchun unga universitet 
binosidan joy va zarur bo‗lgan stol, stul, seyf va shunga o‗xshash 
narsalar ajratildi. Sababi, kichik korxona rahbariyatining taklifi univer-
sitet rahbariyatini qiziqtirdi. Bunday sharoitda universitet quyidagilardan 
qaysi biri bo‗ladi? 

xususiy kreditor; 

davlat kreditori; 

firma olib borayotgan faoliyat sherigi; 

xususiy ishlab chiqaruvchi. 
6. Trikotaj fabrikasida 120 ming dona paypoq ishlab chiqarildi. Bu-
ning uchun 5160 ming so‗m xarajat qilindi. So‗ngra 130 ming dona 
paypoq ishlab chiqarib, 5220ming so‗m sarflandi. Hisoblab ko‗ringchi, 
o‗rtacha xarajatlarda qanday o‗zgarish yuz berdi? 
7. Changyutgich ishlab chiqaradigan zavod I kvartalda 500 ta chang-
yutgich chiqarib, 1million so‗m, II kvartalda 520 ta changyutgich uchun 
1million 420 ming so‗m, III kvartalda 540 ta changyutgich uchun 1 
million 550 ming so‗m, IV kvartalda 550 ta changyutgich chiqarib, 1 
million 600 ming so‗m sarfladi. Changyutgichning har kvartaldagi 
me‘yoriy va o‗rtacha xarajatlarini hisoblab toping va ularni qanday 
yo‗nalishda o‗zgarganligini izohlang. 
8. Korxonaning xarajatlari quyidagilardan iborat: amortizatsiya, xom-
ashyo, yoqilg‗i sarfi, ish haqi, ijtimoiy sug‗urta ajratmasi, ijara haqi, 
elektr energiya haqi, qarz foizi, transport haqi, soliqlar va sug‗urta puli. 
Shulardan qaysi biri doimiy va qaysi biri o‗zgaruvchan xarajatlarga 
kirishini ajratib yozing. 
9. Korxona binoni ijaraga olgan. Yangi ijara bitimiga ko‗ra ijara haqi 
oshirildi. Korxona bankdan qarz olgani uchun foiz ham ko‗paydi. Lekin 
korxonada yangi texnologiya kiritilib, xomashyo va yoqilg‗i tejaldi. Bu 
omillarning qaysi biri doimiy xarajatlarga yoki o‗zgaruvchan 
xarajatlarga ta‘sir etadi. 


107 
10. Korxona o‗z binosida ishlaydi, lekin bozorda vaziyat noqulay 
bo‗lib, xomashyo va yoqilg‗i qimmatlashdi, ayni vaqtda menejerning 
talabiga binoan uning xizmat haqi oshirildi. Shunday vaziyatda kor-
xonaning umumiy xarajatlari qaysi xarajat (doimiy va o‗zgaruvchan) 
hisobiga oshadi? 
11. Korxona I-kvartalda 2 mlrd. so‗mlik, II-kvartalda 1,8 mlrd. so‗m-
lik, III-kvartalda 2,4 mlrd. so‗mlik, IV-kvartalda 2,8 mlrd. so‗mlik 
mahsulot sotdi. Korxonaning yillik daromadi qancha bo‗ldi. II, III, IV 
kvartalda me‘yoriy daromad qanday bo‗ldi? 
12. Mebel ishlab chiqaruvchi tadbirkorning aniq va noaniq xarajat-
larini aytib bering. 
13. Quyidagilarning to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri ekanligini aniqlang. 

qarorlar qabul qilishda faqat kapital va mehnat omilini hisobga 
olish kerak; 

mehnat taqsimoti ishlab chiqarish hajmida ijobiy o‗zgarishlarga 
sabab bo‗ladi; 

kichik firmalar doimo katta firmalarga nisbatan samarali bo‗ladi; 

zarar ko‗rib ishlovchi firmalar bozorda faoliyat ko‗rsatishi mumkin 
emas; 

o‗rtacha doimiy xarajatlar miqdori ishlab chiqarish hajmi oshishi 
bilan kamayadi; 

o‗rtacha doimiy xarajatlar miqdori ishlab chiqarish hajmi oshishi 
bilan oshadi; 

iqtisodiy foyda – aniq bo‗lmagan xarajatlar natijasidir; 

firma foydalanadigan resurslarini 30% ga oshirsa, ishlab chiqarish 
hajmi 25% ga oshadi va ishlab chiqarish hajmida ijobiy samara bo‗ladi; 

ishchilar soni aniq bo‗lganda, ishlatilayotgan kapital miqdori 
oshsa, kapital qiymati kamayadimi? 

uzoq muddatli davrda barcha xarajatlar o‗zgaruvchan bo‗ladi; 

elektroenergiya tarifining kamayishi doimiy xarajatlarni kamay-
tiradi; 

mulk solig‗ining kamayishi o‗zgaruvchan xarajatlarni oshiradi. 
14. Ishlab chiqarish resurslari tarkibidagi o‗zgarishlarda qisqa va 
uzoq muddatdagi xarajatlarni aniqlang: 

Teksako neftni qayta ishlaydigan yangi qurilmani yaratdi; 

DEU - avto korporatsiyasi 200 ta yangi ishchini yolladi; 

fermer ishlatiladigan o‗g‗itlar miqdorini ko‗paytirdi; 


108 

Malika fabrikasida uchinchi smena ishga tushdi; 

Toshkent poyabzal fabrikasi yangi bino qurdi; 

talab oshishi bilan ―O‗rtoq‖ konditer fabrikasi qo‗shimcha kakao 
kukuni va yong‗oq sotib oldi; 

O‗zbekneftegaz Milliy korporatsiyasi yangi gazkondensat 
kombinatini ishga tushirdi; 

―Uzsalaman‖ yangi ishlab chiqarish korpusini ishga tushirdi; 

AvtoVAZ yangi yig‗uv liniyasini ishga tushirdi; 

―Daymler-Kraysler‖ yangi liniyani ishga tushirishga qaror qildi; 

bu yil zavod kombaynlarni yana 50 donaga ko‗paytirishga qaror 
qildi; 

Tovuq fermasi Germaniyadan qo‗shimcha 1000 ta jo‗ja 
broylerlarni sotib oldi. 
15. Quyidagilar, xarajatlarning (doimiy, o‗zgaruvchan) qanday turiga 
mansub: 

mahsulot reklamasi; 

yoqilg‗i xaridi; 

firma tomonidan chiqarilgan aksiyalarga to‗lanadigan foiz; 

xomashyo; 

dengiz orqali mahsulotlarni tashish; 

ko‗chmas mulkka to‗lanadigan soliq; 

boshqaruvdagi xodimlarning ish haqi; 

sug‗urta to‗lovlari; 

qo‗shimcha qiymat solig‗i; 

sotishdan olinadigan soliq; 

firmaning arenda to‗lovi; 

ishchilarning ish haqiga ketadigan xarajatlar. 
16. Doimiy va o‗zgaruvchan xarajatlar bilan bog‗liq bo‗lgan sarflarni 
aniqlang: 

avtomobildan foydalanish; 

uy xarajati; 

issiqxonada gullarni yyetishtirish; 

chorvachilik fermasini saqlash. 
17. Siz korxonaga 20 mln. so‗m sarfladingiz. Yil oxirida yalpi daro-
mad 10 mln. so‗m bo‗ldi, buxgalterlik xarajatlari 8mln. so‗m, bankning 
yillik foiz stavkasi 15%. Siz bunday holda olgan foyda normadami? Siz 
kapitalingizni to‗g‗ri joylashtirdingizmi? 


109 
18. Pomidorning bozor bahosi 1kg 2500 so‗m bo‗lsa, sizning chega-
raviy daromadingiz 100 kg, 1kg, 20 kg da qancha bo‗ladi? Agarda siz 
sof raqobat kurashi sharoitida ishlayotgan bo‗lsangiz o‗rtacha 
daromadingiz qancha bo‗ladi? 
19.
 
Quyidagi jumlalarda tushirib qoldirilgan so‗zlarni o‗rniga qo‗yib, 
to‗g‗ri javob topganingizni tekshirib ko‗ring. 
a) Raqobat bu …. o‗zaro kurashdir.
b) ……. bu raqobat maydonidir.
d) Bozor iqtisodiyotiga …. raqobat xosdir.
e) Raqobatda yutib chiqish sharti …. ko‗p…… qilishdir.
f) Raqobatda yutqazganlarning …. bo‗lish xavfi bor.
20. Quyidagi keltirilgan savollarga javoblardan to‗g‗risini tanlang: 
a) Halol raqobatda qaysi usullar qo‗llaniladi? – siyosiy hokimiyatdan 
foydalanish; raqib korxona siridan voqif bo‗lish; narxni o‗zgartirish; 
raqibning tovar belgisidan foydalanish; iqtisodiy tazyiq o‗tkazish. 
b) O‗zbekiston qonunlariga ko‗ra firmalarning qanday faoliyat bilan 
shug‗ullanishlari taqiqlanadi?–tovarlarning sun‘iy taqchilligini yaratish; 
boshqalarning bozorga kirib kelishiga to‗sqinlik qilish; raqiblarga tazyiq 
o‗tkazish; noto‗g‗ri javob yo‗q 
21. Quyidagi keltirilgan ta‘riflar qanday bozor tuzilishini ifodalaydi: 

kam sonli firmalar bir turdagi mahsulot ishlab chiqaradilar va 
baholar ustidan qisman nazorat qiladilar; 

ko‗p sonli kompaniyalar turli xildagi mahsulotlarni baholar 
ustidagi sust nazorat sharoitida ishlab chiqaradilar; 

ma‘lum turdagi mahsulot bitta kompaniya tomonidan baholar 
ustidagi qat‘i nazorat sharoitida ishlab chiqariladi

O‗zbekistonda 10 ta kuchli kompaniya neftni qayta ishlovchi turli 
mahsulotlarning 95% ni ishlab chiqaradi; 

AQSH aviaqurilishida 81% mahsulot 8 ta yirik firma tomonidan 
ishlab chiqariladi; 

kam sonli firmalar bir turdagi mahsulotni ishlab chiqaradilar va 
baholar ustidan qisman nazorat qiladilar; 

ko‗p sonli kompaniyalar turli xildagi mahsulotlar baholari ustidan 
sust nazorat sharoitida ishlab chiqaradilar; 

ma‘lum turdagi mahsulot bitta kompaniya tomonidan baholar 
ustidan yuqori darajadagi nazorat sharoitida ishlab chiqaradilar; 

yagona firma shtuvmon uskunalarini ishlab chiqaradilar; 

mobil telefonlar bozorida bir nechta yirik firma faoliyat qiladi; 


110 

O‗zbekistonda temir yo‗l orqali harakat faqat ―O‗zbekiston temir 
yo‗llari‖ tomonidan olib boriladi. 
22. Quyidagi ta‘riflar to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri ekanligini aniqlang: 

raqobatli firma tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotga talab 
baho bo‗yicha mutlaqo elastikdir; 

monopolist faqat uzoq muddatli davrdagina iqtisodiy foydaga ega 
bo‗ladi; 

oligopolistlar baholi raqobat usulidan foydalanishni afzal 
ko‗radilar; 

har qanday baholi diskriminatsiya noqonuniydir; 

uzoq muddatli davrda raqobatli firmalar iqtisodiy foyda olmaydi; 

bozorga bemalol kirish va undan chiqish mukammal raqobatning 
zarur sharoitidir; 

monopolistik raqobat uchun mahsulotni standartlash xos emasdir; 

monopolistik raqobat firmalarning kam sonliligi bilan xarakter-
lanadi; 

oligopoliya va monopolistik raqobatli firma ishlab chiqarish 
hajmini doimo oshirib boradi, agar chegaraviy daromad chegaraviy 
xarajatdan yuqori bo‗lsa; 

monopol egasi o‗z mahsulotiga turli bozorlarda turli xil narx 
o‗rnatish orqali umumiy foydani oshirishi mumkin; 

raqobatli firma uchun mahsulot bahosi chegaraviy daromadga 
tengdir; 

talab egri chizig‗i monopoliya uchun doimiy gorizontaldir; 

mukammal raqobat bozorida firma monopolistik raqobatga 
nisbatan xilma-xil tovarlarni taklif etadi. 
23. Siz juda katta mablag‗ egasi sifatida avtomobil ishlab chiqaruvchi 
korxona tashkil etmoqchisiz. Bu yo‗lda qanday to‗siqlarga duch kelasiz? 

(masshtab) ko‗lam samarasi; 

moliyaviy to‗siqlar; 

ijrochi yoki qonun ishlab chiqaruvchi hokimiyat bilan aloqadorlik; 

pora berish uchun zarurat; 

reklama kompaniyasi; 

raqobatchilar tomonidan ―G‗irrom raqobat‖ usullari. 
24. Nima sababdan raqobatli iqtisodiyot oqibatda iqtisodiy samara-
dorlikka olib keladi?


111 
25. Quyida keltirilganlardan qaysi birida baholi raqobatni amalga 
oshirish mumkin: 

bir sifatli olmaning bozorda va supermarketda sotish jarayonida; 

iqtisodiyot nazariyasi bo‗yicha darslikni quyi va yuqori kurs ta-
lablari orasida sotish jarayonida; 

mukammal raqobatli bozorda tovarlarni sotish jarayonida; 

restoranda pivo sotishda; 

bir sifatli kostyumni MUMda va Pskentda sotish jarayonida; 

erkaklar kostyumini London markazida va undan chetda sotish 
jarayonida; 

aviobiletlar sotish jarayonida; 

qishloq xo‗jaligi qurollarini sotish jarayonida; 

poyezdga bilet sotishda; 

fotorasmni tayyorlashda. 
26. Yer rentasi 15 foiz ortdi, bankka to‗laydigan foiz 1,5 marta oshdi, 
yillik inflyatsiya 15 foizni tashkil etdi. Shunday sharoitda yerning narxi 
qanday o‗zgarishini hisoblab ko‗ring. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin