O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə15/17
tarix20.09.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#146059
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
diplom 21.06.2023

TEXNIK-IQTISODIY KURSATKICHLAR




Ko’rsatkich nomi

Magazinlab qazib olish tizimi

1.

PM solishtirma sarfi:
kg/m; kg/t.

0.0056
0.19

2.

Tayyorlash qirqish ishlarining solishtirma hajmi

10,21

3.

Blokni tayyorlash va qirqish koeffitsiyenti, m/1000

176,9

4.

Ish turlari bo’yicha unumdorlik ko’rsatkichlari, t/smBurg’ulovchining
Portlatuvchining
Yuklash mashinasi mashinistining

277,78
196,08
9,24

5.

Material sarfi,
Koronka, dona/t
Burg’ulash dolota gr/t
ED, dona/t
Siqilgan xavo, m3 /t

0.042
17,5
0,097
8,56

6.

O’tiladigan lahimlarning umumiy uzunligi, m

244,5



Kon ekalogiyasi
Biz ko‘rib chiqayotgan Chodak koni pirmirab uchastkasining hozirgi loyihasida atrof-muxitga bo‘lgan salbiy ta'siri va uning oldini olish qoidalarini ko‘rib chiqamiz. Tabiat inson uchun yashash muxiti va resurslar manbaidir. Bularning har ikkisi ham ulardan oqilona foydalanishni , muxofaza qilishni talab etadi.
Aholi sonining oshishi sanoat rivojlanishi qishloq xo‘jaligining kengayishi turli xil pestisid va gerbesidlarning ko‘plab ishlatilishi tabbiy muxitni ifloslanishiga olib kelmoqda. Chiqindilarni yo‘qotish mummolarini olib kelmoqda. Bunday chiqindilar yo‘qotilishida muammolarni keltirib chiqmoqda. Atrof - muxitning ifloslanishidan saqlash va tabbiy resurslardan oqilona foydalanishni vazifalarni o‘z ichiga olgan , tabiat muxofazasi masalasi ko‘p qirrali bo‘lib, bir necha ob'ektlarga ega. Atmosferaning ifloslanishidan tog‘ kon sanoati ham ishtirok etmoqda. Shaxta aerologiyasining ahamiyati, birinchi navbatda, odamlarning shaxtada ishlashi uchun sog‘lom atmosfera sharoitini taminlanganligi orqali ifodalanadi.
Shaxta havosi - bu kon lahimlari buylab harakatlanuvchi va doimo atmosfera havosiga nisbatan tarkibini o‘zgartiruvchi gaz va bug‘ aralashmasidir. Namlik, harorat, bosim va havoning hajmiy massasi kabi ko‘rsatkichlar shaxta atmosferasining doimo o‘zgarib turadigan ko‘rsatkichlarini tashkil qiladi.
Shaxtaga yer yuzidan kirib keladigan atmosfera havosi quyidagi tartibda bo‘ladi: N2-78,08%, O2-20,95%, CO2-0,03%, A - 0,93% va boshqa gazlar - geliy , neon, krypton, suv bug‘lari uning tarkibidagi komponentlari (O2, N2, va CO2) hamma vaqt quyidagi nisbatda bo‘ladi 1:3,37:0,001.
Konlarning gazdorligi, kon jinslarining oksidlanishida O2 ni yutishi va ishlab chiqarish jarayonlarini uzoq vaqt davom etishi kabi omillar shaxta atmosferasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Shaxta havosida atmosferaga nisbatan O2 kamayishi bilan bir qatorda CO2 ko‘payib boradi va zaxarli gazlar, shuningdek, chang va qumlar paydo bo‘ladi. Shaxta havosi tarkibidagi O2, N2,va CO2 gazlarining yuqorida keltirilgan o‘zgarishi bo‘yicha uch ko‘rinishga ega: atmosfera havosi, faol gazlar (PM gazlari, zaxarli va portlovchan gazlar) hamda o‘lik havo.
"O‘lik havo" - bu tarkibida N2, CO gazlari atmosferadagi ushbu gazlar miqdoriga nisbatan ortiqcha ko‘p bo‘lgan yoki tarkibida kislorod bo‘lmagan kon havosi. “O‘lik havo” dagi CO2: N2 nisbat muayan sharoit uchun doimiy bo‘lib, shaxtadagi gaz almashinivini kuzatishga imkon beradi.
Tadqiqotlar natijasida shaxta havosi odatdagi atmosfera havosi sifatiga (tarkibiga) ega havo ekanligi, shuningdek uning tarkibida yuqorida keltirilgan gazlardan tashqari azot oksidi, uglerod oksidi, oltingugurt - vadorot, oltingugurt gazi va aldegitlar kabi zaxarli gazlar va bug‘lar mavjudligi ham aniqlangan. Ichki yonish dvigatellari va termik burg‘ilash jarayonlari.
Ichki yonish dvigatellari shaxta atmosferasiga aldegidlarni chiqaruvchi manbalar hisoblanadi. Foydali qazilma konlarini qazib olishda shaxta atmosferasiga malum miqdorda chang ajralib chiqadi. Chang o‘lchami 0,1-0,5 mm dan kichik bo‘lgan mayday qattiq zarralar bo‘lib, ular zaxarli va zaxarsiz bo‘lishi mumkin. Tarkibida qo‘rg‘oshin, simob, xrom, marganes, mishuak, surma va boshqa zaxarli elementi bo‘lgan changlar zaxarli chang bo‘lib, ulardan nafas olish odamlarni maxsus kasbiy kasalliklarga chalinishiga olib keladi. Tarkibida kvars, ko‘mir, slikatlar kabi boshqa elementlar bo‘lgan changlar zaxarsiz changlar hisoblanadi. Biroq, zaxarsiz changli atmosferadan uzoq vaqt davomida nafas olish odamlarni silikoz, antrokos, aspetos va boshqa kasbiy kasalliklar bilan kasallanishiga olib keladi. Ishchilar hayoti uchun radiaktiv changlar o‘ta havfli hisoblanadi. Bu changlar kishilar hayotiga odatiy tasir etish bilan bir qatorda ularni rak kasalligiga chalinishiga olib keladi. Silikoz bilan kasallanish chang tarkibida kremniy ikki oksidi (SiO2) mavjud bo‘lganda sodir bo‘ladi. Shaxta ish joylarida GOST talabalariga binoan havoning changlili darajasi ruxsat etilgan konsentratsiya (REK) dan oshmasligi lozim.
Shaxta havosidagi portlovchi gazsimon aralashmalar.
Potrlovchi moddani portlatganda CO, NO, NO2, N2O4 va N2O5 gazlarining birkmalari hosil bo‘ladi. Bu gazlar zaxarli bo‘lib, ko‘z va nafas yo‘llari shillik qobug‘ini kuchli yallig‘lanishiga olib keladi. Portlatishda xosil bo‘lgan turli gazlarning hajmi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.
W2 22,4 nM
bunda: 22,4 - normal sharoitda 1 gramm - molekulaning xajmi, litr;
nM - 1 kg PM portlatilganda hosil bo‘lgan gazning gram-molekulalari soni.
Bir kilogramm ammonit №6 PM portlatilganda 910 litr turli gazlar ajralib chiqadi. Bu gazlar kon ishchilari uchun o‘ta havfli bo‘lib, o‘pkaga kirib uni shishirad va 20-30 soat ichida o‘ldiradi. Bu gazlarning havo tarkbida o‘limga olib keladigan konsentratsiyasi 0,025% ni tashkil qiladi. Konsentratsiyasi 0,025% dan kam bo‘lgan havodan chuqur nafas olish ham odamlar o‘limiga sabab bo‘ladi, chunki bu sharoitda ham opka shishib, havo (kislorod) tanqisligi sodir bo‘ladi.
Yo‘talish, bosh og‘rig‘i, qusish, tana haroratning ko‘tarilishi va yurak faoliyatni buzilishi oksidlardan zaxarlanishning belgilari hisoblanadi. Havo tarkbidagi oksidlarning ruxsat etilgan konsentratsiyasi NO2 ga qayta hisoblanganda 0,0002%, N2O2 ga qayta hisoblanganda esa 0,0001% ni tashkil qiladi. Portlatish jarayonida katta miqdorda azot oksidi ajralb chqadi. Azot oksidi amiak silitrasi parchalanishida bevosita ajralib chiqadi.
2NN4NO3  2NON2  4H2O
Ishchilar hayoti uchun radiaktiv changlar o‘ta havfli hisoblanadi. Bu changlar kishilar hayotiga odatiy tasir etish bilan bir qatorda ularni rak kasalligiga chalinishiga olib keladi. Silikoz bilan kasallanish chang tarkibida kremniy ikki oksidi (SiO2) mavjud bo‘lganda sodir bo‘ladi. Shaxta ish joylarida GOST talabalariga binoan havoning changlili darajasi ruxsat etilgan konsentratsiya (REK) dan oshmasligi lozim.
Shaxta atmosferasi tarkibida kompressor gazlari (CO, CO2) ham mavjud bo‘lib, ular yuqori harorat va bosim ostida kompressor moylaridan ajralb chiqadi. Bunday sharoitlarda 1 m3 havo tarkibida 20 gramm istalgan moylash moyning borligi uni portlovchi aralashmaga aylantiradi. Portlash va kon atmosferasning zaxarlanishini oldni olish (yo‘q qilish) uchun kompressorni sovutish qurilmalarini normal ishlashini nazorat qilish hamda moyni havoyig‘gichda tozalash talab etiladi.
Shaxta atmosferasi tarkibida CO, CO2, azod oksidlari, akrolein va formaldegid kabi gazlar aralashmalari yoqmli hidga ega bo‘lib, nihoyatda zaharli hisoblaniladi. Aldegidlarning (akroleinlar va formaldeglar) ish zonasi atmosferasi tarkibidagi ruxsat etilgan konsentratsiyasi: rudniklarda 0,002 mg/m3 shaxtalarda 0,005 mg/m3 ni tashkil qiladi.


Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin