O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev


-rasm.  Mashinaga o‘rnatilgan tizimning ishlashi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/117
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#193188
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   117
DIAGNOSTIKALASH.DARSLIK.Yunusxo`jayev

4.8-rasm. 
Mashinaga o‘rnatilgan tizimning ishlashi
 


140 
Mashinaga o‘rnatilgan tizim quydagilarni bajaradi: 

tizim va boshqarish blokini aniqlaydi; 

kirish va chiqish habarlarini nazorat qiladi; 

boshqarish blokining ma’lumot uzatish va ichki faoliyatini 
nazorat qiladi; 

statistic va tasodifiy hatoliklarni hisoblash, aniqlash va ularni 
saqlash; 

aniqlangan aniq ko‘rsatkichlarni hisoblash; 

tizim 
faoliyatini 
modellashtirish 
va 
ko‘rsatkichlarni 
programmalash; 

EBB va boshqa tizimlar oralig‘idagi ishlarni moslashishini 
ta’minlash. 
Mashinaga 
o‘rnatilgan 
diagnostikalash 
qurilmalarining 
qurilmalarini rivojlanishi yangi datchiklar va diagnostikalash 
algoritmlarini yuzaga kelishi va turli ko‘rinishdagi diagnostikalovchi 
ogoxlantiruvchi habarlarni
yuborishni rivojlanishiga bog‘liqdir.
Ogoxlantiruvchi xabarlarni keng qo‘llanilishi, qishloq xo‘jaligi 
mashinasozligi 
amaliyotida 
axborot 
imkoniyatlaridan 
to‘liq 
foydalanishga sharoitlar yaratilganidan dalolat beradi. Masalan, 
kombayinlarning ko‘pgina modellarini ishlatishda mexanizator o‘rish 
qurilmalari va ishchi mexanizmlari, maydalash apparati, dvigatel, 
transmissiya, yonilg‘i sarfi, yoqotishlar va o‘rilayotgan donning 
namligi va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishi 
va shu ma’lumotlar asosida u yoki bu agregatning ishlashi uchun 
qulay sharoitlarni moslashtirishi mumkin. Ishlash sharoiti uchun zarur 
bo‘lgan ma’lumot, kabina panelida o‘rnatilgan habarlar tablosiga (IX 
rangli rasm) yoki traktor, va maydalagich habarchisiga hamda 
kombayin harakati to‘g‘risida (4.9 rasm) ishchi manitoriga va 
kombayinning boshqarish pultiga chiqariladi. 


141 
4.9 rasm. 7610, 7710 va 7810 rusumdagi John Deere
firmasining traktorlarining analogli manitorlari
(indicator ko‘rsatkichlarining belgilari 4.4 jadvalda keltirilgan) 
4.4 jadval 
John Deere traktorlarining ishchi manitoridagi indicator 
ko‘rsatkichlari 
4.10 
rasm. 
belgisi 
Indikator 
Funksiya 




Stop 
Jiddiy nosozlik – dvigatelni to‘xtatish va sababini 
aniqlash 

Xizmat 
koVrsatish 
zarurligi 
Jiddiy nosozlik yuzaga keldi. Priborlarni va 
indicator lampasini nazorat qilish

Burilish 
habarchisi 
Burilish habarchisi yonganda; avariya habarchisi 
qo‘shilganda ikkala burilish habarchisi yonadi 

Funksiya 
Mexanizmlarning birida nosozlik yuzaga keldi. 
Indator yonib-o‘chmoqda 

Taxometr 
Dvigatelning tirsakli valining aylanish chastotasini 
ko‘rsatkich 

Dvigatelning 
harorati 
Dvigatelning haroratini ko‘rsatkichi 

Raqamli displey Ishlatish va xizmat ko‘rsatish ma’lumotlarini 
ko‘rsatadi 


142 




Spidometr 
Traktorning tezligi to‘g‘risida ma’lumot beradi 

Yonilg‘i 
Qolgan yonilg‘i to‘g‘risida ma’lumot beradi 

Funksiya 
tanlash 
Raqamli displeyda funksiyani almashtiradi 

Instruksiyani 
o‘qib chiqish 
FI saqlagichi (predoxranitel) nosoz 

Transmissiya* 
Indikatorni yonib-o‘chishi “Kam-Xoym” 
rusumidagi traktor transmissiyasining boshqarishda 
nosozlik borligini bildiradi 

Transmissiya 
moyining 
bosimi** 
Transmissiya moyining bosimi pastligini bildiradi – 
dvigatelni to‘xtatib sababini aniqlash 

Dvigateldagi 
moyning 
bosimi** 
Dvigatelda moyning bosimi pastligi – dvigatelni 
to‘xtatib sababini aniqlash 

Gidravlika 
moyining 
harorati 
Gidravlika moyining harorati yuqori. Moyning 
harorati yuqori bo‘lsa moyning satxini yoki moy 
radiatorining holati, dvigatelni to‘xtatib tekshiriladi

Uzoqni 
yorituvchi 
chiroq 
Uzoqni yorituvchi chiroq yonganidan darak beradi 

Transmissiya 
filtrini tiqilib 
qolishi* 
Transmissiya filtri tiqilib qolgan – tezlokda TXK 
ishlari bajarilsin 

Havo filtri 
tiqilib qolgan* 
Havo filtri tiqilib qolgan – tezlikda TXK ishlari 
bajarilsin 

Gidravlika filtri 
tiqilib qolgan 
Gidravlika filtri tiqilib qolgan – tezlikda TXK 
ishlari bajarilsin 

Kuchlanish* 
Elektr tizimidagi kuchlanish juda yuqori yoki 
meyorn past 

Ostma 
mexanizm 
“Kam-Xoym” rusumidagi traktorda yonib-o‘chadi 

indikator yonib-o‘chsa “TXK bajarilsin” 
** indicator yonib-o‘chsa “dvigatelni to‘xtating” 
Odatda manitorlar agregatlarning texnologik ko‘rsatkichlarini, 
operatorga yaratilgan qulaylik sharoitlarini ko‘rsatadi. Bunda 
mashinaning 
burilishi 
to‘g‘risidagi 
habar, 
QOV 
ajratilishi, 
dvigatelning tezlik hsusiyatlari, uning harorati, g‘ildiraklarni sirpanish 
jarayoni, erga nisbatan traktorning harakatlanish tezligi, bakda qolgan 
yonilg‘i miqdori, transmissiyadagi moyning bosim, dvigatelning 


143 
moylash tizimidagi bosim, uzoqni yorituvchi chiroqning holati va 
boshqalar namoyon bo‘ladi. Faqatgina kombayin habarchilari 
yordamida 50 dan ortiq ko‘rsatkichlar namoyon bo‘lib, ularning 
ko‘pchiligi texnologik ma’lumotlar hisoblanadi. 
Manitorning boshqa vazifasi mashinaning texnik ko‘rsatkichlari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar: dvigateldagi nosozliklar, transmissiyadagi 
nosozliklar, havo va transmissiya filtirlarining tiqilib qolganligi, elektr 
tizimidagi eng past va yuqori kuchlanish va sh.oh. ma’lumotlar
to‘g‘risida habarlarni etkazish. Indikator belgilari 4.10 rasmdava 4.4 
jadvalda keltirilgan. 
Zamonaviy 
mashinalarda 
asosiy 
etobor 
texnologik 
ko‘rsatkichlarni avtomatik ravishda nazorat qilish hisoblanadi. Misol 
tariqasida, Claas firmasining Dominator kombayinining maydalash 
qurilmasining habarchisi (4.10 rasm) keltirilgan. 
4.10 rasm. Claas firmasining Dominator kombayinlarining 
maydalash qurilmasining habarchisi: 
1-ishchi vaqitning hisoblagichi, maydalash barabanining aylanish tezligini ko‘rsatkich; 2 
– kesish balandligini ko‘rsatuvchi indicator; 3 - o‘rish mexanizmini bo‘shatish indikatori 
(siqish bosimi); 4 – Unumdorlik ko‘rsatkichini nazoratchi: S – maydalagich; T – samon 
elagich; 5 – habarchi chiroqlar, qizil – “Stop”; 6 – habarchi chiroq, qizil – nishab 
transporterning aylanish tezligini nazorat; 7 – habarchi chiroq, qizil – don elevatorining 
aylanish tezligini nazorat; 8 – habarchi chiroq, qizil – elevatorning chiqarish tezligini nazorat 
qiluvchi; 9 – habarchi chiroq, qizil – aylanish tezligini nazorat; 10 – habarchi chiroq, qizil – 
maydalagichning aylanish tezligini nazorat; 11 – boshqa funksiyalar uchun; 12 – habatchi 
chiroq, qizil – donni bunkerdan chiqarish trubasi o‘rnatildi; 13 – habarchi chiroq, qizil – 


144 
samon elagichda tiqin yuzaga keldi; 14 – habarchi chiroq, qizil – bunkerni bo‘shatish 
boshlandi; 15 – habarchi chiroq, qizil – don bunkeri 100% to‘ldi; 16 – nazorat chirog‘i, yashil 
– maydalash barabanining tezligi o‘zgarganda; 17 – nazorat chirog‘i, yashil - don bunkeri 
70% to‘ldi; 18 – nazorat chirog‘i, yashil – ventiliatorning aylanishlar soni o‘zgarganda; 19 – 
habarchi chiroq, qizil – kondisionerning compressor qurilmasida nosozlik.
Zamonaviy mashinalar ogoxlantiruvchi habarchilardan tashqari 
o‘iga o‘rnatilgan diagnostikalash qurilmalari bilan ham jihozlangan. 
Bunday tizim tinimsiz qism va agregatlarni maxsus algoritmlar 
yordamida ishchi holatdan og‘ish ko‘rsatkichlarini nazorat qilish 
imkoniyatini va bu ko‘rsatkichlarni tizimning hotirasida 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin