131
Odatda barcha mobil mashinalarning EBB lari umumiy sxema
bo‘yicha tuziladi (4.5 rasm), har bir EBB ga o‘rnatilgan programma
maxsuloti, uning ishlash qobiliyatini va bajaradigan ishlarning
hajmini belgilab beradi. Zamonaviy mashinalarning diagnostikalash
tizimlari mashinaning umumiy vazifasini bajarishda ishtirok etuvchi
barcha tizim elementlarini ishlash sifati ko‘rsatkichlarini baholashi
mumkin.
EBB ni o‘z-o‘zini diagnostikalash
hsusiyati uning faoliyat
yuritishining asosini (harakatlanish hafsizligi va mashinaning
ekologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha) tashkil qiladi,
lekin EBB ga
qo‘shimcha programma o‘rnatish imkoniyati mavjuddir. Demak, bir
qancha datchiklarni, mexanizmlarni va EBB ni tinimsiz diagnostika
qilish boshqarish blokiga joylangan. Agarda mashinaga qo‘shimcha
ishchi organ yoki tizim o‘rnatiladigan bo‘lsa, u holda o‘z-o‘zini
tekshiruvchi jarayonda ishtirok etuvchi
datchiklar va bajaruvchi
elementlarning soni ortadi.
Mobil texnikaning barcha tizimlari va agregatlarini samarali
tekshirib turish, bajarilayotgan texnologik jarayonlarning va
mashinaning texnik holatini tezkor nazorat qilish imkonini beradi.
Bu mashinaning
ishonchliligini oshiradi, lekin mashinani o‘ziga
o‘rnatilgan elektron tizimlarning tizimini murakkablashtiradi.