124
YBYN echish-yig‘ish va sozlashga mo‘ljallangan
asbob va
uskunalar;
mashinaga
o‘rnatilgan
diagnostikalash
qurilmalarini
skanerlovchi KTS520 rusumidagi tizimli tester;
YBYN (EDC) elektr boshqaruvchi asbob-uskunalar;
ESItronik programmasini yangilashga mo‘ljallangan amaliy
programmalar paketi, texnik ma’lumotlari va ta’mirlash asboblari.
Bosch firmasining fikricha, bunday tarkib bilan,
firmada ishlab
chiqargan yonilg‘i apparatlariga etarli darajada xizmat ko‘rsatish, sozlash
va ta’mirlash ishlarini bajarish imkoni yaratiladi. Shuni qayd etish kerakki
Bosch firmasi bunday korhonalarni kriditlash lizing tizimini tashkil qilish
bilan shug‘ullanmaydi, olinayotgan jihozlarga chegirmalar ajratish
faqatgina o‘zining dilerlari va korxona firmalarigagina ajratilishi mumkin.
Nomzodning keying qadamlaridan biri u joylasdhgan binoning tashqi
ko‘rinishini, qabulhonani (reception) va mijozlarga mo‘ljallarga honani
jihozlash, mutahasislarni maxsus kiyimlar bilan taminlash, u erdagi Bosch-
shop do‘konida sarflash materiallarining mavjudligi (IV rangli rasm)
hisoblanadi. Tashqi reklama va ko‘rsatish belgilariga
va Bosch firmasida
qabul qilingan ranglarga va logotip shakollarga (V rangli rasm) katta etibor
beriladi.
Huddi shunday talablar boshqa firma firmalarini namoyish qilishda
ham talab etiladi (VI rangli rasm).
Shartnomada keltirilgan barcha shartlar bajarilganidan so‘ng,
shaxsan Bosch firmasining ishonchli vakili korxona hodimlariga
korxonani yuritish bo‘yicha ko‘rsatmalar beradi. Shu ko‘rsatmalar asosida
korxonaga quydagi darajalardan biri beriladi:
nomzodlik, avtorizovanli
xizmat ko‘rsatuvchi, kafolatli xizmat ko‘rsatuvchi
yoki
xizmat ko‘rsatish
markazi
.
Bunday darajalarning farqlanishi undagi jihozlar va maxsus
asboblar,
malakali mutaxasislar bo‘yicha aniqlanadi. Avtorizovanli xizmat
ko‘rsatish tarmog‘ining darajasi, Bosch firmasining saviyasida ish
bajarilishi mumkinligidan dalolat beradi. Lekin kafolat muddatida bujilish
oqibatiga
hulosa chiqarish, faqatgina kafolatli xizmat ko‘rsatish
korxonasiga berilgan.
Bosch firmasida
xizmat ko‘rsatish darajasini xalqaro baxolash tizimi
joriy qilingan, bu tizim baxolash darajalari 4.3 jadvalda keltirilgan.
125
4.3-jadval
Bosch firmasida xizmat ko‘rsatish darajasini xalqaro baxolash tizimi
Umumlashtirilgan
ko‘rsatkichlar
Baholanayotgan ko‘rsatkichlar va hsusiyatlar
1.Imidj
Binoning holati
Hdudni jihozlanganligi, tozalik va o‘rnatilgan tartib
Kirishdagi firmaning nomi, yozuvlar va ko‘rsatkichlar
Binoning, mijozlar uchun hona va sotish honalarining holati
Ustahonaning tozaligi va o‘rnatilgan tartib
Mahsus kiyimlarning mavjudligi va holati
2.Ishni tashkil
qilish
Mijozlarga qulay vaqtda
Kompyutorlarni qo‘llanilishi
Buyurtma-naryat blankalarini qo‘llaniulishi
Zamonaviy aloqa vositalari va Internet
Katalogi mavjud ESI diski
Almashish fondi nasoslari
3.Kafolat
Kafolat bo‘yicha ma’lumotnoma
Bosch firmasining kafolat tizimi
Kafolat bo‘yicha xujjatlar
Ishdan chiqqan kafolatli maxsulotlarni saqlash
Kafolatli xizmatga o‘qitish
4.Hodimlar
Mutaxasislarni o‘qitish
Korxonada o‘qitish usullari
5.Bosch firmasi
bilan hamkorlik
Bosch firmasining haqiqiy maxsulotlarini qo‘llash
Xizmat ko‘rsatish aksiyalarida ishtirok etish
Vakolathonalar bilan tezkor aloqada bo‘lish
6.Jihozlar
-
Har bir ko‘rsatkichni baholash to‘rt balli shkala bo‘yicha amalga
oshiriladi, so‘ngra sifat ko‘rsatkichining integrally o‘zgarishi aniqlanadi.
So‘ngra sotib olingan extiyot qismlarhajmi bo‘yicha, sifatning integral
qiymati, Bosch firmasining o‘quv seminarlarida ishtirok,
bajarilgan ishlar
hamda bonuslarni taqsimoti bo‘yicha hisobotlarni maxsus metodika
bo‘yicha markaziy ofisga o‘z vaqtida topshirish o‘rganiladi. Bonuslar
o‘rnatilgan tartibda pul qiymatini tashkil qiladi va bu ko‘rsatkich
bo‘yichaBosch firmasi ma’lum miqdorda buyumlar (programmali taminot,
jihoz olish uchun chegirmalar va boshqalar) o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: