O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/117
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#193188
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   117
DIAGNOSTIKALASH.DARSLIK.Yunusxo`jayev

4.2 rasm. 
MTP ning kompyuter tizimini, ichki va tashqi strukturalar 
bilan aloqadagi umumiy sxemasi 
Bunday tizimlarga ega bo‘lish uchun, zamonaviy programmalar 
paketiga ega bo‘lish va shu programmalarni ishlatish qobiliyatini 
egallagan bo‘lishi darkor, bunda har bir traktorni, kombayinni va 
avtomobilning yonilg‘i sarfi, extiyot qismlarga bo‘lgan talablar inobatga 
olinadi. Axborotlarga bunday yo‘l bilan ishlov berish, bir qancha 
yuzaga keladigan savollarni, masalan, extiyot qismlar bilan taminlash, 
diagnostikalash jarayonlarini o‘tkazish va sozlash ishlarini bajarish 
saviyada va qisqa muddatlarda o‘tishiga yordam beradi. 
Texnik xizmat ko‘rsatish maxsus korxonalar
. Qishloq xo‘jaligi 
mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatishda, maxsuslashtirilgan korxonalar 
kata o‘rin tutadi. Elektron, pnevmatik, gidravlik tizimlar yordamida 


122 
boshqariladigan mashina agregat va qismlarini maxsuslashtirilgan 
ta’mirlash korxonalarida ta’mirlashda agregat usulidan foydalanish 
yuqori natizalar beradi. Buning uchun korxona maxsus jihozlar va 
yuqori saviyadagi mutaxasislar bilan taminlangan bo‘lishi shart. Odatda 
bunday TXK va T bilan shug‘ullanuvchi korxonalar traktorlar va 
qishloq xo‘jaligi mashinalarining murakkab qism va agregatlarini, 
yonilg‘I apparatlarini, gidravlik tizimlarni, elektronikasini, elektr 
jixozlari va shunga o‘hshash ta‘mirlash ishlari bilan shug‘ullanadi.
Rivojlangan horijiy davlatlardagi bunday korxonalarning asosiy 
vazifalari quyidagilardan iboratdir: 

yonilg‘i apparatlariga TXK va kafolatli xizmat ko‘rsatish; 

yonilg‘i taminlash tizimi agregatlarini ta’mirlash va ularga 
kafolat berish; 

yonilg‘i taminlash tizimi agregatlarini ishlatish davrida 
tekshiruvchi, sozlovchi qurilmalarni yaratish va ishlab chiqarishga 
tadbiq etish; 

ushbu soha bo‘yicha injner-texnik hodimlarni malakasini 
oshirish, 
sozlovchi-ustalarni 
va 
sozlovchi-chilangarlarni 
qayta 
tayyorlash va tayyorlash, talabalarni amaliyotini o‘tkazish va shunga 
o‘hshashlar bilan shug‘ullanadi. 
Har bir korxonaning samarali faoliyat yuritishi horijiy firmalar
ularning vakolatxonalari va dilerlik korxonalari bilan aloqalarga bog‘liq 
bo‘ladi. Ho‘jaliklarni Respublika miqyosidagi shu soha vazirligi bilan 
aloqasi, mexanizator va injner-texnik hodimlarni tayyorlash va ulardan 
unumli foydalanish yuqori o‘rin tutadi. Yonilg‘i apparatlarini ta’mirlash 
bo‘yicha korxonaning tashqi va ichki aloqalarni hisobga olgan holda 
tashkil qilish strukturasi 4.3 rasmda keltirilgan. 
Korxonaning bajaradigan ishlarining hajmiga qarab, unda ko‘chmas 
yoki ko‘char jiyozlar va qurilmalar bilan (masalan, kamida bir donadan 
olti donagacha yonilg‘i apparatlarini sinovchi qurilmalar) taminlangan 
bo‘lishi shart. Mutaxasislarga kata talablar qo‘yiladi, chunki qishloq 
sharoitida yuqori ilmiy-texnik saviyaga ega bo‘lgan mutaxasisgina 
yuqori sifatli xizmatlarni amalga oshirishi mumkindir. Odatda bunday 
mutaxasislar har yili etakchi ishlab-chiqarish korxonalarida malakasini 
oshirishi va attestatsiyadan o‘tishi talab etiladi.


123 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin