104
So`rovnoma metodi birinchi bo`lib F.Galton
tomonidan shaxs sifatlarini
emas, balki insonning bilish sohasini baholash uchun qo`llanilgan (ko`rish
idroki, aqliy obraz).
XIX asr oxirlarida ushbu metod yordamida xotira (Bine, E.Kurt`e),
umumiy tushunchalar (T.Ribo), ichki nutq (O.Sen-Pol) tadqiq qilingan.
Shaxs so`rovnomalaridan biri amerikalik psixolog R.Vudvorts tomonidan
1919 yilda ishlab chiqilgan “Shaxs haqidagi ma`lumotlar blanki” dir.
Ushbu so`rovnoma harbiy xizmatchilarning
nevrotik simptomatikasini
aniqlash va ularni xizmatchilar safidan chiqarish uchun mo`ljallangan.
Akimova M.K. va Gurevich K.M. bo`yicha shaxs so`rovnomalarini
quyidagicha tasniflash mumkin:
Tipologik
so`rovnomalar
(MMPI,X.Shmishek
xarakter
aktsentuatsiyasi tiplarini aniqlash)
Shaxs xususiyatlarini aniqlash so`rovnomalari(R.B.Kettel )
Motivlarni aniqlash so`rovnomalari
Qiziqishlarni aniqlash so`rovnomalari
Qadriyatlarni aniqlash so`rovnomalari
Ustanovkalarni aniqlash so`rovnomalari.
MMPI
– (Minnesota Multiphasik Personality Inventory) Minnesot ko`p
omilli
shaxs
so`rovnomasi
1941
yilda
S.Xetuey
va
Dj.Makkinli
tomonidan ishlab chiqilgan.
Ushbu so`rovnoma norma va patologiyani aniqlash
uchun mo`ljallangan.
16 dan 55 yoshgacha bo`lgan 700
nafar sinaluvchilarda
standartlashtirilgan. Metodika 550 ta tasdiqdan iborat bo`lib, ularga “to`g`ri”,
“noto`g`ri”, “aytish qiyin” tarzida javob berish so`raladi.
10 ta asosiy va yana 3 ta nazorat shkalasidan iborat:
Depressiya shkalasi (ta`sirchanlik,o`zidan qoniqmaslik);
Ipoxondriya shkalasi (sog`ligiga haddan ortiq etibor qaratish);
Isteriya shalasi (namoyishkoronalik);
Psixopatiya shkalsi (ijtimoiy dezadaptatciya,o`zini tutolmaslik,
agressivlik,ta`sirchanlik);
105
Erkaklik va ayollik shkalasi (ayollik
yoki erkaklik roli bilan
identefikatciya);
Paranoyallik shkalasi (egoizm,o`zidan mamnunlik);
Psixoasteniya shkalasi(xavotirli, shubhali,o`z kuchlariga ishonmaslik);
Shizoidlikni aniqash shkalasi(autistik tip);
Gipomaniya
shkalasi(sababsiz
ko`tarinki
kayfiyatda
bo`lish,faollik,g`ayratlilk);
Ijtimoiy introversiya shkalasi(munosabatlarda tortinish, uyalish).
Dostları ilə paylaş: