X.Shmishekning
aktcentuatsiya
tiplarini
diagnostika
qilishga
mo`ljallangan
metodika.
Ushbu
metodika
K.Leongardning
xarakter
aktsentuatsiyasi kontceptciyasi asosida yaratilgan. Bunda 10 ta tip ajratib
ko`rsatiladi:
1.Namoyishkorona tip -boshqalarning diqqat markazida bo`lish;
2.Pedantik tip - haddan ortiq tartiblilik, qat`iyatsizlik, ehtiyotkorlik,
o`zgarishlarga noqobillik;
3.
Qotib qoluvchi tip (rigidlik) - kuchli barqaror affekt, emotsional
kechinmalarni uzoq saqlanishi;
•
4.
Qo`zg`aluvchan tip – impulsivlik;
•
5.
Gipertim tip - doimo ko`tarinki kayfiyatning ustuvorligi;
•
6.
Distim tip - gipertimning aksi, hayotning achchiq, qora tomonlariga
etiborlilik, passivlik;
•
7.
Xavotirli tip - omadsizliklardan cho`chish,kuchli xavotirlanish,
tortinchoalik, o`z kuchlariga ishonmaslik;
•
8.
Tsiklotim tip - gipertim va distim holatlarni doimiy almashinib turishi;
•
9.
Ekzaltir tip - quvonchli holatlarga va qayg`uga kuchli reaktsiya
ko`rsatish, haddan ortiq ta`sirchanlik;
•
10.
Emotiv tip - yumshoq ko`ngillilik, dilkashlik,yuqori empatiya,
yig`loqilik.
106
Proyektiv texnikalar:
Psixoanalizning asosiy tushunchasi ongsizlikdir. Dastavval, bu tushuncha
shaxsning yashirin harakatlantiruvchi kuchi , organizmning yashirin tubidan
harakat qiluvchi motiv deb qaralgan. Aql ongsizlikka nisbatan yashirin
mexanizm bo`lib xizmat qiladi.
Ongsizlik sohasiga kirish, undagi yasharin tendentciyalarni tushunish
uchun eksperiment davomida ongni o`ziga xos topshiriqlarni hal qilishga
qaratish lozim bo`lgan. Bu esa shaxsda ongsizlikni ihtiyorsiz tarzda namoyon
qilish imkonini yaratgan. Aynan mana shunday topshiriqlar proyektiv
metodikalarga kiritilgan.
Shaxsning yetukligi darajasini belgilovchi muhim ko‘rsatkichlaridan biri –
mas’uliyatdir. Shaxsning muhim xususiyati birovlarga bog‘liq bo‘lmasligi,
mustaqillik va o‘z maqsadlariga erishishda insonning faolligi, bo‘layotgan
voqealarga nisbatan shaxsiy javobgarlik hissining rivojlanishidir.
Ushbu xususiyatni o‘rganish metodlari dastlab XX asrning 60 yillarida
AQSH da ishlab chiqilgan. Nazorat lokusi nazariyasi yaratilib, uning asoschisi
amerikalik olim Dj.Rotter hisoblanadi. Unga ko‘ra har bir insonda ikki turdagi
mas’uliyat kuzatiladi. Bular:
1.
Internal nazorat lokusi.
2.
Eksternal nazorat lokusi.
107
Birinchi turdagi mas’uliyatda shaxs o‘zining hayotida ro‘y beradigan
barcha hodisalarning sababchisi, mas’uli sifatida o‘zini tan oladi. Bunday
kishilarda internal nazorat lokusi ustunlik qiladi.
Mas’uliyatlilikning ikkinchi turida undan farqli barcha ro‘y bergan va
beradigan voqea va hodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar
hisoblanadi. Nazorat lokusining bu turi eksternal nazorat deb ataladi.
Eksternallar mas’uliyatni boshqalar zimmasiga yuklashga moyildirlar.
Internallar o‘z hayotlaridagi barcha yaxshi narsalarga o‘z kuchlari bilan
erishadilar va kelajakda ham o‘z maqsadlariga muvaffaqiyat bilan erishishga
qobil bo‘ladilar. Biroq shu bilan birga ular barcha salbiy hodisalar javobgarligini
ham o‘z bo‘ynilariga oladilar, omadsizlik, azoblanishlarda o‘zlarini ayblaydilar.
Bunday kishilar o‘z ishlarini tashkil qilishda o‘z harakatlarini muhim omil deb
hisoblaydilar, jamoadagi munosabatlar, lavozimda ko‘tarilish faqat o‘zlariga
bog‘liq bo‘ladi.
Internallar oilaviy hayotdagi voqea va hodisalarga o‘zlarini mas’ul deb
biladilar, oilaviy muammolar yuzaga kelsa, bunda turmush o‘rtoqlarini emas,
avvalom bor o‘zlarini aybdor his qiladilar va o‘zlarini o‘zgartirishga harakat
qiladilar. Bunday odamlar o‘zlarini boshqalar bilan norasmiy munosabatlarini
nazorat qilishga qobil deb biladilar, o‘zlariga nisbatan hurmat, simpatiyani,
muloqot doirasini faol qura oladilar.
Internal ko‘p jihatdan salomatligiga ham o‘zi mas’ul ekanligini his qiladi.
Agar betob bo‘lib qolsa, o‘zini ayblaydi va davolanish ham vrachga emas,
o‘ziga bog‘liq deb hisoblaydi.
Shunday qilib, internal uchun faol hayotiy pozitsiya, mustaqillik, o‘ziga
nisbatan mas’uliyat hissi xosdir.
Eksternallar esa aksincha, ko‘pincha passiv bo‘ladilar, ular uchun
pessimizm xos bo‘lib, o‘zlariga hech narsa bog‘liq emas, hamma narsa tashqi
sharoitlarga bog‘liq deb hisoblaydilar. Ular o‘zlarining muvaffaqiyati, yutuq va
quvonchlarining ham sababchisi omad, taqdir yoki odamlarning yordami deb
biladilar.
108
“Internal” tipidagi odamlar ko‘pincha hayotda “g‘olib”, eksternallar esa
“mag‘lub” bo‘lib, ularning hayotiy ssenariylari ham, o‘zlari va boshqa
odamlarga bo‘lgan munosabatlari ham turlicha bo‘ladi (ssenariy – hayotiy reja).
Dostları ilə paylaş: |