Damlama va qaynatmalarga dorivor moddalar qo‘shish
Suvli ajratmalar ko‘pincha murakkab dori preparatlarning tarkibiy qismi boiib, ular dori moddalarini critish uchun erituvchi sifatida ham ishlatiladi Buning natijasida damlama va qaynatmalardan murakkab dori shakli hosil boiadi. Agar bular ichishga moijallangan boisa, miksturalar deb no‘lanadi. Miksturalarni tayyorlash uchun dori moddalari suzilgan va sovitilgan damlama va qaynatmalarda eritiladi va yana bir bor suziladi. Dori moddalarning konsentrlangan eritmalarini ishlatilishi hu hollarda ruxsat etilmaydi. Sharbatlar, xushbo‘y suvlar, spirtli ajrat- malar, suyuq ekstraktlar tayyor damlama va qaynatmalarga hajm bo‘yicha oxirida qo‘shiladi Agarda ekstrakt-konscntratlar ishlatilsa, dori moddalarning konscntrlangan eritmalari ishlatilishi mumkin.
Rp: Infusi herbae Thermopsidis 0,1-150,0 Natrii hydrocarbonatis Natrii benzoatis 1,0 Liquoris Ammonii anisatis 1 ml Sirupi Althaeae 20,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Suzilgan va sovitilgan tayyor qaynatmada natriy gidrokarbonat va natriy benzoat tuzlari eritilib, filtrlanadi. So‘ng gulxayri sharbati va oxirida novshadil arpabodiyon to‘lchisi qo‘shiladi.
Rp: Infusi herbae Adonidis vernalis 6,0-150,0 Natrii bro‘idi 2,0 Codeini phosphatis 0,2
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Bu miksturani tayyorlashda adonis damlamasini 2 qismga ajratiladi, 1-sida natriy bro‘id 2-sida kodein fosfat eritiladi.
Tayyorlangan eritmalar shundan keyingina bir-biriga qo‘shiladi. Aksincha erimaydigan kodein bro‘id hosil bo‘Iib cho‘kmaga tushishi rnumkin.
Rp: Decocti rad. Polygalae tenuifoliae ex 10,0-200,0 Elexiris pectoralis 5,0 Natrii hydrocarbonatis 3,0 M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Saponlarning ko‘p miqdor ajralib chiqishini ta'minlash uchun qaynatma tayyorlash jarayonida 1 gr natriy gidrokarbonat qo‘shiladi, qolgan miqdor csa tayyor boigandan keyingina eritiladi. Oxirida ko‘krak eliksiri qo‘shiladi.
Rp: Decocti rad. Rhei 5,0-180,0 Magnesii sulfatis 5,0 01. Menthae piperitae gtt. 111 Sirupi Simplicis 15,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Tayyor bo‘lgan qaynatmada magniy sulfat eritiladi va unga sharbat, yalpiz moyi aralashmasi qo‘shiladi.
Rp: Decocti corticis Quercus 10,0-15,0 Aluminis 2,0.
Glycerini 15,0.
M.D.S. Og‘izni chayish uchun.
Suzilgan va sovitilgan qaynatmaga glitserin eritmasi aralashtiriladi hamda suvda eritilgan achchiqtosh tolqoni qo‘shiladi Achchiqloshni oldin qo‘shish oshlovchi moddalarning cho‘kmaga tushishiga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |