Muhitning (ph sharoitining) ta'sirl Bu alkaloid saqlagan Xomashyodan damlama va qaynatmalar olishda katta ahamiyatga ega. Suvni nordonlashtirganda alkaloidlarning qiyin eriydigan birikmalari (qiyin enydigan organik kislotalar bilan ko‘plekslari) oson eriydigan alkaloid turiga aylanadi. Shunga ko‘ra alkaloid saqlaydigan damlama va qaynatmalarga limon kislotasi, vino kislotasi yoki xlorid kislotasi Xomashyodagi alkaloidlar miqdoriga tcng miqdorda qo‘shiladi Faqat shoxkuya uchun xlorid kislota Xomashyodagi alkaloidlar miqdoridan 4 marta ko‘p miqdorda qo‘shiladi.
Damlama va qaynatmalarni tayyorlashda qo‘llaniladigan apparaturalar Ajratmalarni qaynatish uchun infundir (lat - Infundal - qaynatish) dcb ataladigan yopiq idishlar ishlatiladi. Infundir apparat qanday ashyo- dan tayyorlanganligi ham ajratmalarning sifatiga ta'sir qiladi. Qadimda
dorixonalarda sof qalaydan yasalgan infundirlar ishlatilgan. Shisha infundirlar kislota saqlaydigan ajratmalarni tayyorlash uchun qo‘llanilgan (masalan: shoxkuya). Kcyinchalik qalay infundirkalar ishlatila bosh- langan, ular ham tez qiziydi va mustahkam hisoblanadi.
XI DF aluminiy infundirkalar o‘rniga zanglamaydigan po‘latdan yasalgan infundirkalarm qonunlashtirdi. Infundirkalar maxsus suv hammo‘larida, ya'ni infundir apparatida qizdiriladi. Infundir apparatlari 2, 3 yoki 4 infundirkalar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Hozirgi zamon infundir apparatlari elektr toki bilan qizdiriladi (27-rasm, a). O.I.Be1ova va V.A. Mironova yangi konstruksiyali infundir apparatini taklif qildilar. Bunday infundirka kislotali muhitda turg‘un bo‘1gan, zanglamaydigan XI 8N9T markali po‘latdan yasalgan. Xomashyo po‘latdan yasalgan savatga (2) solinib, infundir stakanga joylanadi. Infundir stakanining tubida magnitli parrak joylashgan (fc). U magnitlar yordamida aylanib, stakanda girdobli harakatni yuzaga keltiradi.
Buning natijasida erituvchi va Xomashyo o‘rtasida aloqa yaxshilanadi. Infundirkaning qopqog‘iga (7) harakatlanadigan qilib shtokli disk (5) va dasta (4) o‘rnatilgan.
Infundir apparati stanina, korpus, 6 infundirkadan iborat to‘plam (3 tasi 500 ml li, 3 tasi 250 ml 1i), magnitli parraklardan tuzilgan. Korpus zanglamaydigan po‘latdan yasalgan ho‘lib, unga 4 litr suv kctadi. Korpusning qopqog‘ida infundirkalar uchun 3 ta kamforka bor. Korpus bilan ichki to‘onidan 2 ta pastki va 2 ta yuqori nay orqali kondcnsator biriktirilgan. Ish vaqtida yuqoridagi naylar orqali bug‘ kondensatorga o‘tadi, pastki naylar orqali esa hosil bo‘lgan kondensat yana qayta korpusga tushadi. Suv korpus qopqog‘idagi voronka orqali solinadi. Korpusda suv hajmini nazorat qilib boruvchi oyna bor Ishlatilgan suvini to‘kib yuborish uchun korpusning orqa devoriga kran o‘rnatilgan. Korpusning ichida 2 ta naysimon elektr qizdirish elementlari bor. Ularning quvvati 400 va 600 Vt. Staninaning ichida elektr qizdirgich o‘rnatilgan bo‘lib, o‘sha yerda biriktirilgan taqasimon magnitni harakatlantiradi. Boshqaruv pulti oldingi devor to‘onida joylashgan. Yuqorida - tumblcr (elektroqizdirgich ulash uchun pastdan qizdirish elemcntlari o‘zgartirgan) (pcrekluchatel) dastani isitish (razogrcv) belgisigacha aylantirib 2 ta qizdirgich elementi ulanadi. Suv qaynagandan kcyin dastani «ish» (rabota) belgisiga o‘tkaziladi. Bunda 600 Vt li elcment ulanadi, bu csa suvning bir tekis qaynashi uchun yetarli hisoblanadi. Apparat Kiyev tibbiyot asboblari zavodida ishlab chiqariladi.
AN-3 oddiyroq tuzilishdagi apparat. Bu apparat 3 ta infundirkaga mo‘ljallangan bo‘Iib, magnitli parraklari yo‘q. Bu apparatning quyidagi xususiyatlari bor. Apparat kuchli metall qobiq bilan qoplangan bo‘lib, bu xodimlarni ish vaqtida himoya qiladi. Vanna devori va mctall qobiq orasidagi bo‘shliqning yuqori qismiga sovitgich nay joylashtirilgan, bu yerda hosil bo‘layotgan bug‘ning ortiqchasi kondensatlanadi va yana vannaga oqib tushadi. Shu sababli vannada bug‘anish kamayib, ancha vaqtgacha suvning miqdori doimiy darajada turadi. Apparatda teshikli savatcha bo‘lib, unga Xomashyo solinadi. U ham zanglamaydigan XI 8N9T markali po‘latdan yasalgan bo‘lib, Xomashyoni siqadigan disk bor. Bu disk vcrtikal shtokka o‘rnatilgan bo‘lib, infundir stakan qopqog‘iga harakatchan qilib o‘rnatilgan. Bu disk yordamida apparatning ishlab turgan vaqtida qo‘l yordamida tayyorlanadigan damlama va qaynatmalarni aralashtirish va oxirida qoldig‘ini siqib olish mumkin.
Davolash profilaktika muassasa-dorixonalari sharoitida, shuningdck kasalxonalar va yirik Xomjalik hisobidagi dorixonalarda damlama va qaynatmalar 1-3 l gacha hajmda tayyorlanadi. Shu sabahli Kiyev AKB diagnostik apparatura va VNIIF infundir apparatining yangi AN-3000 modeli ishlab chiqildi. Uning no‘inal sig‘imi 3000 ml .Apparat silindrik korpusdan (/) iborat. Bu korpus suv hammo‘i sifatida ishlatilib uning suv hajmini nazorat qiladigan oyna (9) va clektr qizdirgichi bor. Bu korpus metall qobiq (2) bilan qoplangan, unga boshqaruv panel (4) joylashtirilgan.