Surtmalarni jihozlash Ex temporae tayyorlangan surtmalarni mos hajmdagi plastmassa, shisha va chinni idishlarda chiqariladi. Bankalarni og‘zini yopishda aluminiyli yoki plastmassa qopqoqlardan foydaianiladi, qopqoqiarning ichiga pcrgamcntli yoki parafin shimdirilgan yumaloq shakldagi qog‘ozlar qo‘yiladi.
Surtma dorilar dori shakli sifatida va ularni takomillashtirish Surtma dorilarni surtish vaqtida ba'zan noxush yoki qabul qil- maslik kabi dermatologik holat xususiyati seziladi. Bu holat teri yoki shilliq qavati butonligining buzilishida faqat dori moddaning sterilligiga emas, balki tarkibidagi kuchli ta'sir etuvchi modda dozasiga ham bog‘liq bo‘lib qoladi. Boshqa holatlarda takomillashmagan formasiga, gigiyenaga rioya qilmaslik va surtilishi qulay bo‘lmasligi, tayyorlashning davomiyligi va transportirovka qilishi noqulayligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Va nihoyat shuni ma’lm qilish kerakki, rektal va himoya surtma dorilarni ishlatish maxsus texnologik jarayonni talab qiladi. Surtma dorilarning ba’zi qisqacha cvolutsion imkoniyatiga ega bo‘lgan yoMiga nazar tashlaymiz.
Mavzu: Surtma dorilar Reja: 1.Surtma dori turining ta’rifi va tavsifi. Qo‘llanilishiga ko‘ra sinflarga bo‘linishi.
2.Asoslar va ularning sinflarga bo‘linishi: liofil, gidrofil va emulsiya tipidagi asoslar.
3. Surtmalarning asos tipi bo‘yicha tasniflanishi.
Surtmalar Surtmalar, malhamlar, shamcha dorilar, hab dorilar, tibbiyot qalam- chalari yumshoq dori turlari deb aytiladi. Uiar turli xil dispcrs sistema- ga taalluqii bo‘lib, yumshoq konsistensiyaga (holatga) va umumiy o‘xshashlik belgilariga ega
Surtmalar - sirtga qo‘llaniladigan dori turlari ho‘lib, ular yuqori yopishqoqlik xususiyatiga ega bo‘lgan suyuqliklardir. Ular teri yoki shilliq qavatlar ustida tekis, oqmaydigan yupqa sirt hosil qilish xusu- siyatiga ega. Surtmalar xona haroratida o‘zining yopishqoq holatini saqlaydi va harorat oshirilganda oquvchan suyuqlikka aylanadi. Surt
malar dispersologik tasniflanishi bo‘yicha erkin har to‘nlama dispers shaklsiz muloyim yoki mayin aralashma.
Tiniq suyuqliklardan ular oquvchanligining yo‘qligi bilan farqlanadi. Surtmalar dori modda va asosdan tashkil topadi.