O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Surtmalarda dori moddalari bir-biriga qo‘shilgandagi mos kelmaslik hollari



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə171/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Surtmalarda dori moddalari bir-biriga qo‘shilgandagi mos kelmaslik hollari
Ex tcmporae tayyorlanadigan surtmalarning asosiy qismi (ayniqsa, korxona sharoitida ishlab chiqariladiganlari), oldindan ishlatilib kelina- yotgan yoki yangi tasdiqlangan tarkib bo‘yicha tayyorlanadi. Shuning uchun dorixonaga ratsional bo‘lmagan retscptlar kclish hollari kam uchraydi.
Surtmalarda mos kelmaslik 2 xil bo‘ladi: 1) Surtmaning asosi dori moddalar bilan mos kelmaydi. 2) Asosga kiritilgan dori moddalarning bir-biri bilan mos kelmaslik hollari.
Asosning dori moddasi bilan mos kelmasligi quyidagi hollarda sodir bo‘ladi: 1) agar u polielektrolit xossasiga ega bo‘lsa (MS, Na-KMS, alginat-natriy va boshqalar), 2) qo‘shiladigan modda degidratlovchi xossani namoyon qilsa (yuqori konsentratsiyali tuz eritmalari, spirtli eritmalar, tindirmalar). Degidratatsiya ko‘pincha molckula shaklining o‘zgarishiga va to‘pIam-to‘p!am bo‘lib yig‘ilishiga olib keladi, bu esa sistema qovushqoqligini kamaytiradi. Shuni unutmaslik kerakki, pektinli asoslar rux oksidi bilan, alginatli asoslar kalsiy va og‘ir metall tuzlari bilan, MS-tanin bilan, bentonit-ikki-uch valentli metall tuzlari bilan mos ketmaydi.
YuMBIi asosning qovushqoqligi muhitning pH ko‘rsatkichiga bog‘liq. Optimal qovushqoqlik faqat ma'lum oraliqdagi pHda saqlanadi. Masalan, natriy Na-KMS ning 1% li eritmasi pH ko‘rsatkichi 6 dan 9 gacha bo‘lganda maksimal qovushqoqlikka ega bo‘ladi pH ko‘rsatkichi 6 dan kamaysa, erkin KMSning cho‘kmaga tushishi oqibatida qovushqoqlik tez pasayib qoladi. Agar muhitning pH ko‘rsatkichi 9 dan oshsa ham (rN - 11,5 bo‘lsa) qovushqoqlik kamayadi, lekin cho‘kma hosil bo‘lmaydi. Qovushqoqlikning bunday o‘zgaruvchanligi qaytar hodisa bo‘lib, muhit pH ko‘rsatkichi optimal darajaga keltirilsa, sistema qovushqoqligi ham qayta tiklanadi. Bu asosni quyultirishda texnologlarga juda qulaylik tug‘diradi.
Dori moddalarning bir-biri bilan mos kelmasligi
Dori moddalar o‘rtasida ketadigan kimyoviy reaksiyalarni, faqat surtmalarni muhim belgilarini ko‘z bilan qayd qilib o‘zgarishidan bilib olinadi (surtma rangining o‘zgarishi, o‘ziga xos bo‘lmagan hidning hosil bo‘lishi, gaz ajralishi va boshqalar). Ba'zan surtmaning kimyoviy tarkibi o‘zgarishini ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi, bu esa texnologdan sinchkovlikni talab qiladi.
Surtma rangining o‘zgarishi. Quyidagi tarkibli surtmalarni tayyor- lab bo‘Imaydi,
Rp: Resorcini 1,0 Zinci oxydi 4,0
Hydrargyri amidochloridi 3,0
Lanolini Vaselini aa 15,0 M.f.ung.D.S.
Tayyorlangan surtma qorayadi. Rezortsin simob amidoxloridni sof metall simobgacha qaytaradi, o‘zi esa oksidlanadi.
Rp: Anaesthesini 1,0
Cocaini hydrochloridi 0,25 Argenti nitratis 0,5

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin