Suspenziya holidagi (trituratsion) surtmalar Bu guruh surtmalar dori moddasini surtma asosida bir xilda ezish yoii bilan tayyorlanadi. Shuning uchun boshqacha nomi trituratsion surtma (lot. trituratio - ezib ishqa)ash)ni bildiradi. Suspenziyali surtmalarda qattiq faza disperslik darajasi qancha yuqori boisa, ya'ni dori moddasining yuzasi qancha katta boisa, davolash samarasi shun- cha ortadi. Dorixona sharoitida suspenzion surtmani tekshirish organo- leptik usulda olib boriladi. Surtmani kaft orasida ishqalaganimizda yirik boiakchalar boimasligi kerak. Agar surtma tarkibidagi dori boiak- chalari 50 mkm gacha kattalikda boisa, unda surtmani teriga surtgan vaqtimizda terini qitiqlaydi, ba’zi hollarda terini jarohatlashi ham mum- kin. Bunday surtmalarni yalligiangan va shilliq qavatlarga surtish yaramaydi.
Xuddi ichiladigan suspenziyalarni tayyorlaganimizdek, qattiq fazani ezib maydalash suyuqlik ishtirokida olib borilishi kerak, shunda qattiq faza tez maydalanadigan boiib qoladi. Bunday vaqtda biz suyuqlikni tanlay ola bilishimiz kerak. Qovushqoq suyuqliklar bu maqsad uchun yaroqsizdir. Qattiq fazani disperslashda kam miqdorda o‘simlik yoki mineral moyidan yoki suyultirilgan asosdan foydalanishimiz kerak bo‘!a- di. Kerakli variantni tanlash qattiq fazaning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Agar dori modda surtma tarkibida kam miqdorda (5% gacha) bo‘lsa, ezish bodom, shaftoli, kungaboqar moyi ishtirokida (agar surtma bayvon yog‘ida tayyorlansa) yoki vazelin moyida (agar vazelinda) olib boriladi, so‘ngra hosil bo‘lgan mayin suspenziyaga rctseptda berilgan miqdorgacha asos qo‘shib aralashtiriladi. Agar surtma tarkibida dori modda ko‘p miqdorda (5%-25%gacha) bo‘lsa, kcrakli miqdorda suyultirilgan asos bilan eziladi. So‘ngra qolgan asos qo‘shib aralashtiriladi. Aralashtirish paytida bir necha bor hovoncha devorlaridan massa tushirilib turiladi. Surtma suspenziyasining tarkibida dori moddalar 25% dan ortsa, pastalar deyiladi. Yuqori dispers va bir xil taqsimlangan pasta tayyorlash uchun dori moddasini eritilgan asos bilan ezib ishqalanadi. Pastalar trituratsion surtmalarga nisbatan quyuqroq bo‘ladi. Magistral suspenzion surtmalar turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Bunga misollar keltiramiz:
Rp: Furacilini 0,1 Lanolini 20,0