O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Surtmalarni dorixonada ishlab chiqarish



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə169/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Surtmalarni dorixonada ishlab chiqarish
Dorixona retseptining 10%ini surtmalar tashkil qiladi. Ularda dispers sistcmaning deyarli hamma turlari uchraydi. Bugungi kunda surtmalarga yozilgan rctseptlar tobora murakkablashib bormoqda. Surtmalarga retsept to‘liq yoziladi, ya'ni har bir ingrediyent yozilib, ularning miqdori oMchov birligida ko‘rsatiladi. Yoki qisqartirilgan holda yozilishi mumkin. Qisqartirib yozishga faqat ofitsinal surtmalar va me'yorlantirilgan texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan, o‘zining nomiga va tarkibiga ega bo‘lgan surtmalarni yozish mumkin. Bunday hollarda shifokor retseptda surtmaning nomi va miqdorini ko‘rsatadi. X DFning ruxsatiga binoan shifokor retseptda vazelin nomini tushirib qoldirishi mumkin, agar vazelin shu surtmaning asosini tashkil qilsa. Bunday paytlarda surtma nomini va dori moddaning konsentratsiyasini yoki umumiy miqdorini ko‘rsatadi.
Gidrofob asoslarda tayyorlanadigan surtmalar. Qotishma va eritma tipidagi surtmalar
Qotishma tipidagi surtmalar. Bu turga kiruvchi surtmalami tayyorlashda avval qiyin suyuqlanuvchi, keyin tez suyuqlanuvchi moddalarni qo‘shib eritiladi. Eritish suv hammomida chinni idishlarda olib boriladi. Suyuq komponentlar oxirida qo‘shiladi. Surtmani gomogenizatsiya qilish qizdirilgan hovonchada toki surtma sovigunga qadar aralashtirish yo‘li bilan olib boriladi. Surtma gomogenizatsiya qilingandan keyin yumshoq va oson surtiladigan holatga keladi. Agar suyuq surtma soviguncha tinch holatda qoldirilsa, qattiq mikrokristallik va ultramikroskopik karkas hosil bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari aralashtirilgan vaqtda surtma havoni o‘z ichiga olish orqali quruq strukturasini hosil qiladi.
Masalan: Voyachek surtmasi.
Rp: Emplastri diachylon 5,0 Ol. Helianthi 10,0 Ol. Menthae piperitae (seu Eucalipti) gtt III M.f. unguentum D.S. Burunga surtish uchun.
Bu retsept murakkab diaxil surtmasi bo‘lib, uning tarkibiga qo‘rg‘oshinli malham kiradi. Bu xona haroratida qattiq massa, 70°C haroratda suyuladi. Malham suv hammomida chinni idishda suyultirilib, so‘ngra unga kungaboqar moyi qo‘shiladi. Bu vaqtda hovoncha quritgich shkafida qizdiriladi. Suyultirilgan aralashmani issiq hovonchaga o‘tkazib, to soviguncha aralashtiriladi va oxirida yalpiz moyi qo‘shiladi.
Eritma holidagi surtmalar. Ta'sir qiluvchi dori moddasi yupqa poroshok holiga keltirilib issiq (40-50°C) surtma asosida critilib, surtma to soviguncha aralashtirilib turiladi. Bu guruhga kamforaning (Unguentm Camphoratum) 10% li surtmasi kiradi. Kamfora moddasi vazelin va lanolin (2+1) aralashmasida eritiladi.
Masalan: murakkablashgan retsept.
Rp: Anaesthesini 0,25 Mentholi 0,1 Vaselini 20,0 M.f. unguentum D.S. Burunga surtish uchun.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin