Surtmalarni tayyorlashda ishlatiladigan dori moddalari
Hozirgi kunda barcha farmakologik guruhlarga kiruvchi dori preparatlari surtma dori holida ishlatilmoqda. Asosan antiseptik dori vositalari, sulfanilamid preparatlari, gormonlar va ularning analoglari, antibiotiklar, vitaminlar, zamburug kasalliklarini davolovchi dori vositalari keng qo‘lanilmoqda. Ular organik va noorganik moddalar bo‘lishi bilan birga, ularning fizik-kimyoviy xossalarini va agregat holatlarini belgilovchi har xil kimyoviy tabiatga ega (metall oksidlari va ularning tuzlari, kislotalar, asoslar, efirlar). Qo‘llaniladigan ko‘p preparatlar qattiq dori moddalardir, lekin har xil yopishqoqlikka ega bo‘1gan suyuqliklar ham bor (Burov suyuqligi, efir moylari, qoramoy, vanilin va boshqalar).
Surtma asoslariga qo‘yilgan talablar
Surtma asoslarini tanlash kasallikning joyi va xarakteri, shuningdek tavsiya etilgan dori moddalaming fizik-kimyoviy xossalariga bog‘liq. Surtma asoslarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Surtiladigan, ya'ni kerakli struktura-mexanik xossaga ega bo‘lishi kerak.
2. Dori moddalarni yorug‘ik, havo ta'sirida o‘zgartirmaslikni ta'min- lashi kerak, ya'ni kimyoviy turg‘un bo‘lishi lozim.
3. Dori moddalarni o‘ziga yaxshi qabul qilishi kerak. Dori moddalar ta'sirini oshirish xossasiga ega bo‘lgani ma'qul.
4. Surtma asoslari dori ta'sirini o‘zgartiruvchi xossaga ega bo‘lmasligi kerak. Ular teri va shilliq qavatning asl sharoitini saqlab turishi kerak.
5. Mikroorganizmlar ko‘paymaydigan bo‘lishi kerak
6. Asoslar o‘zining davolash tavsiyasiga to‘g‘ri kelishi kerak. Masalan, himoya surtmasi teriga surtilgan vaqtda teri ustida zich yopishib yuzasi tez qurib, ta'siri ish vaqtining oxirigacha saqlanib turishi kerak. Sirtga qo‘laniladigan surtmalar teri orqali so‘ri!masIigi kerak. Rezorbtiv ta'sirga ega bo‘lgan surtma asoslari esa, aksincha, teriga chuqur so‘rilib qon va limfaga dori moddalarining so‘rilishiga yordam berishi kerak.
7. Kiyimlarni iflos qilmasligi, o‘a yopishqoq bo‘lmasligi, sovun va suv bilan oson yuvilishi kcrak. Shifokor har xil surtma asoslari yozib beraverishi mumkin. Kasalni davolash asosini to‘g‘ri tanlashga bog‘iq. Zamonaviy farmatsiya juda ko‘p surtma asoslarini qo‘laydi. Bunga sabab surtma holida tavsiya etiladigan dori moddalarning turli xil fizik- kimyoviy xossaga ega ekanligidir. Demak, surtma asoslarining shunday to‘plami bo‘lishi kerakki, unda har bir surtma uchun eng ratsional asosni topish qulay bo‘lsin.
Dostları ilə paylaş: |