Surtma asoslarining tasnifi Surtma asoslariga qo‘yilgan talab shubhasiz ma'lum darajada shu davlat farmatsiyasida to‘plangan an'analarning ta'siridir. Masalan: AQSHda hamma asostar 4 sinfga bo‘lingan tasnifi hukmrondir (Davlat Farmakopeyasida). Uglevodorodli, adsorbsion, suvda yuviluvchi va suvda eruvchi. Bu tasniflanish o‘zida kimyoviy va fizik-kimyoviy belgilarni mujassamlashtiradi. Bizning amaliyotda surtma asoslarini quyidagi 3 guruhga bo‘lish ko‘p uchraydi:
1) Gidrofob.
2) Gidrofil.
3) Difil-emulsion.
Emulsion asosni biz alohida guruhga ajratamiz, chunki unga ham gidrofoblik, ham gidrofillik belgilari xos. Uning boshqa alohida xususiyatlari bundan mustasno.
Gidrofob, lipofil surtma asoslari Gidrofob surtma asoslari gurubiga lipofil, uglevodorodli va silikonli asoslar kiradi.
Lipofil asoslarga lipidlar guruhidan biri bo‘lgan yog‘lar va mumlar kiradi. Ular xossalariga ko‘ra, terining yog‘ ajratmalariga yaqin turadi. Bu asoslar ushlab ko‘rilganda yog‘li dog‘ qoldiradi. Yog‘lar - yog‘ kislotalarining triglitscridi hisoblanadi. Ko‘pincha yumshoq yog‘lardan - cho‘chqa yog‘i va ayrim vodorod bilan to‘yintirilgan yog‘lar, qattiq yog‘Iardan - mol yog‘i, suyuq yog‘Iardan - ayrim o‘sim1ik moylari ishlatiladi. Hamma yoglar suvda erimaydi, spirtda kam eriydi, efir va xloroformda oson eriydi.
Cho‘chqa yog‘i - Adeps suillus depuratus. Oq, yangi, achimagan bo‘lishi kerak. 34-36°Cda suyuqlanadi. Kislota soni 2 dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Tarkibida 62-68% triolein (S|7NJ5SOON) saqlaydi. Surtma uchun eng yaxshi asoslardan biri hisoblanadi. Cho‘chqa yog‘i terini juda yaxshi qoplaydi, dori moddalarni yaxshi qabul qiladi, teri orqali yaxshi so‘riladi, suv va sovun bilan yuvganda oson yuviladi.
Mol yog‘i. (Sebum bovinum). Yangi, oq, achimagan bo‘lishi kerak, suyuqlanish harorati 42—50°C, tarkibida 53% tripalmitin va tristearin, 45% triolein saqlaydi. Suyuqlanish haroratining yuqoriligi va terini
qoplash xususiyatiga ko‘ra, surtma asosi sifatida cho‘chqa yog‘idan keyin turadi. Kerak bo‘lganda surtmaga qattiqlik berish uchun cho‘chqa yog‘iga qo‘shib ishlatiladi. Qo‘y yog‘i xossasi bo‘yicha mol yog‘iga o‘xshaydi, suyuqlanish harorati 44-5l°C.