7. Maktabgacha ta’lim tashkilotining oila bilan ishlash shakllari.
8. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar: irsiyat,muhit,ta’lim-tarbiya. Shaxsni rivojlanishida tarbiyaning o’rni.
9. Bolani tarbiyalash va rivojlanishida faoliyatlarning o’rni.
Maktabgacha yoshidagi bolalar ta’lim-tarbiyasi.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri.
10. Maktabgacha ta’limda tarbiya berish usullari va vositalari.
Seminar mashgʼulotlari bo’yicha koʼrsatma va tavsiyalar Seminar mashgʼulotlari multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-oʼqituvchi tomonidan oʼtkazilishi zarur. Seminar mashgʼulotlarida bakalavrlar ilmiy ijodiy faoliyat bilan shugʼullanib fan sohasidagi yangiliklar bilan seminar mashgʼulotlarini mazmunini boyitadilar.
Seminar mashg‘ulotlari talabalarning muayyan nazariy kursni qanchalik oʻzlashtirganliklarini aniqlash usuli, mutaxassislar tayyorlashga yoʻnaltirilgan oʻquv amaliyotining muhim turlaridan biri hisoblanadi. Seminar mashg‘ulotlarda talabalar ilmiy ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, fan sohasidagi yangiliklar bilan seminar mashg‘ulotlarini mazmunini boyitadilar. Seminar mashg‘ulotlarning tashkil etish uchun ko‘rsatmalar:
Tasdiqlangan seminar mavzulari o‘quv yili boshlangandan keyin 10 kun ichida talabalarga taqdim etiladi.
Talaba tomonidan tayyorlangan seminar ishlari mashg‘ulot jarayonida qabul qilinadi va belgilangan tartibda baholanadi.
Seminar mashgʼulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: (40 soat) Maktabgacha ta’limda tarbiya berish usullari va vositalari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish mazmuni.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishning o’ziga xosligi
Axloqiy tarbiya berish vazifalari, vositalari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berish mazmuni.Estetik tarbiya berish vazifalari , metodlari , vositalari .
Maktabgacha yoshdagi bolalarni mehnat tarbiyasi.
Yosh avlod tarbiyasida mehnat tarbiyasining vazifalari. Maktabgacha yoshdagi bolalarin kattalar mehnati bilan tanishtirish.
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi qarashlari. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining huquqiy tarbiya haqidagi qarashlaridan bolalarga huquqiy tarbiya berishda foydalanish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida iqtisodiy tarbiyani tashkil qilish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish.
O’yin bola faoliyatining asosiy turi sifatida.O’yinning kelib chiqish tarixi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash nazariyasi.
Yosh avlod tarbiyasida oilaning o’rni haqida mutafakkirlar ta’limoti. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olinmagan bolalar ota-onalari bilan ish yuritish shakllari.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogik jarayonni tashkil etish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kunning birinchi va ikkinchi yarmida bolalar faoliyatini tashkil qilish.
Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilish. Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilish Maktabgacha ta’lim tashkilotida qisqa muddatli guruhlarni tashkil qilish. Turli tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkiliy tuzilmasi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik ishlarni tashkil etish va rahbarlik qilish.
Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish.
Bolalarga davlat va nodavlat maktabgacha tashkilotlarida ta’lim-tarbiya berish
10- Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o’quv, metodik xujjatlarni yuritish. Pedagogik kengashni o’tkazishga rahbarlik qilish.