Tahdid yo‘naltirilgan tizimning turiga ko‘ra: avto nomi joyi asosidagi tizimlar va umumiy foydalanish tarmog‘iga ulangan tizimlar.
Amalga oshirish usuliga ko‘ra: himoyalanuvchi axborotga noqonuniy ruxsat (shu jumladan tasodifiy), axborotga maqsadli ta’sir ko‘rsatish, axborotni chiqib ketish texnik kanallari orqali chiqarib yuborish.
Eng keng tarqalgan va ommalashgan axborotga tahdid toifalariga: amalga oshirish usuliga ko‘ra hamda axborotning buziluvchi xususiyati turiga ko‘ralar kiradi.
Qasddan qilingan ta’sirlarning turlari hamda ulardan axborotni himoyalash usullari Reja: 1. Tizimga qasddan qilingan ta’sirlar tushunchasi. 2. Ruxsatsiz kirish (foydalanish) 3. Axborotni himoya qiluvchi tizimlarning modellari .Aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlari. Talaba bu mavzuni to‘la o‘zlashtirgandan so‘ng: Axborotlarni muhofaza qilish haqidagi tamoyillarni biladi; Tizim xavfsizligining asosiy printsiplarini bo‘laklarga bo‘lib, ta’rif beraoladi; Tizim tashkil etuvchilarining butunligi – tizim xususiyatlarini talqin eta oladi; Axborotning ishonchliligi printsiplarini qaysi sinfga mansubligini tasavvur eta oladi; Tizim tashkil etuvchisidan foydalanuvchanligi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni aniqlaydi, bog‘lanishlarni tahlil qila oladi. Tayanch so‘z va iboralar: Axborot xavfsizligi, axborot ishonchliligi, himoya modellari, tizim xavfsizligi, foydalanuvchi, kritik axborot, nokritik axborot Tizimga qasddan qilingan ta’sirlar – bu tizim ish jarayonining bir maromda kelishiga ataylab qilingan to‘sqinlik, Shuningdek uning tashkil etuvchilarini o‘g‘irlash, o‘zgartirish yoki buzishga qaratilgan urinishlardir.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 1 )Poyda bo‘lishiga ko‘ra tahdidlar qanday turlarga bo‘linadi?
2)Axborotning buziluvchi xususiyati turiga ko‘ra qanday turlari bor?
3) DDoS ning kengaytmasi nima?
4-MAVZU: Buzg‘unchilar tomonidan olinadigan ma’lumot turlari: oshkor qilish, sizib chiqishi, ruxsatsiz kirish.