O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax politexnika institute huzuridagi Sharof Rashidov politexnika texnikumi


Tahdidlar va himoya oby’ektlarini toifalash



Yüklə 3,16 Mb.
səhifə126/188
tarix07.01.2024
ölçüsü3,16 Mb.
#209524
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   188
Axborot Xavfsizligi 465

Tahdidlar va himoya oby’ektlarini toifalash. Axborot ayrim simvollar (belgilar) to‘plami sifatida har xil turdagi axborot tashuvchilarda turli shakllarda mavjud bo‘lishi mumkin. Axborotlashtirish jarayonlarining jadal suratlar bilan rivojlanishi natijasida zamonaviy hisoblash vositalari asosidagi avtomatlashtirilgan tizimlarda to‘planuvchi, saqlanuvchi va qayta ishlanuvchi axborot hajmi tobora ortib bormoqda.
Avtomatlashtirilgan tizim – xodimlardan va qo‘yilgan vazifani bajarishda axborot texnologiyasini qo‘llovchi avtomatlashtirish vositalari majmuasidan iborat bo‘lgan tizimdir. Demak, avtomatlashtirilgan tizim quyidagi qismlar to‘plamidan iborat:

  • ma’lumotlarni qayta ishlash va uzatish texnik vositalari;

  • dasturiy ta’minot;

  • turli axborot tashuvchilardagi ma’lumotlar;

  • xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va tizim foydalanuvchilari.

Avtomatlashtirilgan tizimda axborot xavfsizligini ta’minlash muammosining asosiy yo‘nalishlaridan biri – bu axborot tizimiga mumkin bo‘lgan tahdidlarni aniqlash, tahlilqilish va toifalashdan iborat. Ahamiyat kata bo‘lgan tahdidlar ro‘yxatini tuzish, ularning ehtimolligini baholash va g‘arazli kimsalar tomonidan sodir etilish modelini yaratish himoyaning optimal tizimini hosil qilishda asosiy axborot hisoblanadi.
Axborot xavfsizligiga tahdid– axborot xavfsizligining buzilishiga imkon beruvchi yoki real xatarlarni vujudga keltiruvchi sharoit va omillar to‘plamidir.
Avtomatlashtirilgan tizimning axborot xavfsizligiga tahdid– bu avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlanuvchi axborotga, uning konfiden- sialligi, butunligi va ruxsat etilganligini buzishga olibk eluvchi ta’sirni amalga oshirish imkoniyati. Shuningdek, avtomatlashtirilgan tizimni zaiflashtirish, yo‘q qilish yoki izdan chiqarishga olibkeluvchi, uning tarkibiy qismlariga ta’sir etish imkonidir.
Axborot xavfsizligiga tahdid manbai – axborot xavfsizligiga tahdidni yuzaga kelishiga bevosita sabab bo‘luvchi sub’yektdir.
Avtomatlashtirilgan tizimlarda xavfsizlikni buzishning asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi:

  • avariya yoki tabiiy ofatlar (yong‘in, yer silkinishi, suv toshqini va boshqalar);

  • texnik vositalarning inkor etishi va buzilishi;

  • avtomatlashtirilgan tizim qismlarini loyihalash va ishlab chiqishdagi xatolar (dasturiy vositalar, ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari, qurilma vositalari va boshqalar);

  • foydalanishdagi xatolar;

  • tartib buzarlarning maqsadli harakatlari.

Tahdidlarni toifalashning ko‘plab mezonlari mavjud. Ulardan keng tarqalganlari quyidagilar:


  1. Yüklə 3,16 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin